Kontrakt uchun 10 foizlik chegirma haqida rasmiy ma’lumot berildi

Kontrakt uchun 10 foizlik chegirma haqida rasmiy ma’lumot berildi

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga beriladigan 10 foizlik chegirma barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida amal qiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma berilishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi va barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.

Bu haqda OTM rasmiy kanalida xabar berildi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan BARCHA talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma beriladi.

Hurmatli talabalar va ota-onalar!

Agar sizda ushbu masala yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni ko‘rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot boti orqali bizga ma’lum qiling. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi!

👉 Murojaat uchun — @otvmurojaat_bot


Скидка 10% для платных студентов распространяется на все государственные высшие учебные заведения.

Министерству высшего и среднего специального образования совместно с Министерством финансов сообщили, что будет предоставлена ​​10-процентная скидка от суммы базового платежа-договора, действующего в течение учебного года.

Предложение было одобрено Государственной комиссией по приему в образовательные учреждения Республики Узбекистан и направлено во все государственные высшие учебные заведения в качестве задания.

Об этом сообщает официальный канал вуза.

В новом 2020/2021 учебном году действует скидка 10% от суммы основного базового платежа по контракту (без стипендии) для всех обучающихся по очной форме обучения по программам бакалавриата и магистратуры высших учебных заведений республики на контрактной основе. данный.

Уважаемые ученики и родители!

Если у вас есть разногласия по данному вопросу, сообщите нам об этом через бота @otvmurojaat_bot в телеграме, указав точные факты. Ни одно обращение не останется без внимания!

👉 Для справки — @otvmurojaat_bot

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: