Talaba tadbirkorlik bilan shug‘ullansa imtiyoz bormi?

Talaba tadbirkorlik bilan shug‘ullansa imtiyoz bormi

Ikki nafar farzandim shartnoma asosida oliy o‘quv yurtida tahsil oladi. Farzandlarim bo‘sh vaqtlarida elektr jihozlari savdosi bilan shug‘ullanmoqchi. Faoliyatini tiklab olgunicha ularga imtiyozlar bormi?
Shahnoza Karimova.
— Soliq kodeksining 392-moddasi, 2-qismida soliq to‘lovchi qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni u tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgandan keyingi oydan e’tiboran amalga oshirishi belgilab berilgan.
Shuningdek, mazkur kodeksning 378-moddasi, 16-bandida O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlariga daromad solig‘i solinmasligi qayd etib o‘tilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaatda qayd etilgan holat yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan oydan keyingi oydan boshlab soliq to‘lovi amalga oshirilishi lozim. Ya’ni, bir oylik faoliyatiga soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan foydalanish, shuningdek, o‘quv yurtlariga shartnoma to‘lovlari uchun asosiy ish joyidan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalanmagan bo‘lsangiz, yashash joyingizdagi tuman yoki shahar davlat soliq inspeksiyasiga ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etgan holda yuqorida qayd etilgan imtiyozdan foydalanish va daromad solig‘i summasini qaytarib olish huquqiga egasiz.
Savolga Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi Valisher Temirov javob berdi.

Manba: Zarnews.uz


Двое моих детей учатся в университете на контрактной основе. В свободное время мои дети хотят продавать электроприборы. Есть ли какие-то льготы для них, пока они не возобновят работу?
Шахноза Каримова.
— Статья 392, часть 2 НК РФ устанавливает, что налогоплательщик обязан уплатить фиксированную сумму налога с месяца, в котором он зарегистрирован в качестве субъекта хозяйствования или заключен трудовой договор с индивидуальным предпринимателем или субъектом семейного предпринимательства, с месяца, следующего за его регистрацией. учреждение.
Также пунктом 16 статьи 378 настоящего Кодекса установлено, что платежи за обучение в высших учебных заведениях Республики Узбекистан (за обучение себя, своих детей в возрасте до двадцати шести лет или мужа (жены)) облагаются подоходным налогом. не облагается налогом.
На основании изложенного налог должен быть уплачен с месяца, следующего за месяцем, в котором осуществляется государственная регистрация индивидуальной предпринимательской деятельности в случае, указанном в заявлении. То есть, если вы не используете налоговую льготу за один месяц деятельности, а также освобождение от подоходного налога с основного места работы по контрактным платежам в образовательные учреждения, район или город штата вашего проживания вы имеете право на воспользоваться вышеуказанной льготой и получить возврат суммы подоходного налога, предоставив сведения о заработной плате в налоговую инспекцию.
На вопрос ответил сотрудник Государственной налоговой администрации Самаркандской области Валишер Темиров.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: