Yangilangan vazirliklar haqida ma’lumotlar

Yangilangan vazirliklar haqida ma’lumotlar

Prezident farmoni bilan vazirliklar qisqartirilayotganligi va yangi vazirliklar ro‘yhati haqida xabar bergan edik.

Xushnudbek Xudoyberdiyev yangilangan vazirliklar ro‘yhati haqida ma’lumotlar taqdim etdi.

Yangi: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🔄

Sobiq: Xalq ta’limi vazirligi

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga quyidagilar o‘tkazilmoqda:

1️⃣ Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligiga aylantirilgan holda;

2️⃣ Prezident ta’lim muassasalari agentligi esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilmoqda.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda.

Vazirlik huzuriga quyidagilar o‘tkazildi:

1) Innovatsion rivojlanish vazirligi negizida Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilgan holda;

2) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan holda;

3) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.

➖ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda;

➖ Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniyat vazirligi birlashtirilib, Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilmoqda;

➖ Qurilish vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi birlashtirilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilmoqda;

➖ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirliklari birlashtirilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda.

Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi negizida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda.

Quyidagilar Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda:

➖ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi negizida Personallashtirish agentligi tashkil etgan holda;

➖ “O‘zarxiv” agentligi.

➖ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi negizida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilmoqda;

➖ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi negizida Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilmoqda;

➖ Moliya vazirligi G‘aznachiligi negizida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tashkil etilmoqda.

Mavzuga doir:
Rasman! O‘zbekistonda vazirliklar soni qisqardi, yangi ro‘yhat

Vazirlar Mahkamasi shtati qisqartirilmoqda, qisqarishlar haqida


Мы сообщали о сокращении министерств и перечне новых министерств указом президента.

Хушнудбек Худойбердиев представил информацию об обновленном списке министерств.

Новое: Министерство дошкольного и школьного образования

🔄

Бывшее: Министерство народного просвещения.

Также Министерство дошкольного и школьного образования представляет:

1️⃣ Министерство дошкольного образования преобразовано в Агентство дошкольного образования;

2️⃣ Агентство президентских образовательных учреждений реорганизуется в форме Агентства специализированных образовательных учреждений и передается в ведение Министерства дошкольного и школьного образования.

Министерство природных ресурсов создается на базе Государственного комитета экологии и охраны окружающей среды.

Государственный комитет лесного хозяйства реорганизуется в форме Агентства лесного хозяйства и передается в ведение Министерства природных ресурсов.

Министерство высшего образования, науки и инноваций создается на базе Министерства высшего и среднего специального образования.

В министерство были представлены:

1) на базе Министерства инновационного развития создается Агентство инновационного развития;

2) с созданием Агентства по оценке знаний и навыков на базе Государственного центра тестирования при Кабинете Министров;

3) Высшая аттестационная комиссия при Кабинете Министров.

➖ Министерство цифровых технологий создается на базе Министерства развития информационных технологий и связи;

➖ Министерство туризма и культурного наследия и Министерство культуры объединяются в Министерство культуры и туризма;

➖ Министерство строительства и Министерство жилищно-коммунального хозяйства объединены в Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства;

➖ Министерство экономического развития и борьбы с бедностью, Министерство занятости и трудовых отношений, а также Министерства соседства и поддержки Нурани были объединены в Министерство борьбы с бедностью и занятости.

На базе Министерства развития спорта создается Министерство молодежной политики и спорта.

Агентство по делам молодежи передается в ведение Министерства молодежной политики и спорта.

Министерство горного дела и геологии создается на базе Государственного комитета по геологии и минеральным ресурсам.

Инспекция по контролю за горно-геологической деятельностью при Государственном комитете геологии и минеральных ресурсов и Государственный комитет по промышленной безопасности объединены в Инспекцию по контролю за горно-геологическим обеспечением и промышленной безопасностью при Министерстве горного дела и геологии.

В Министерство юстиции передаются:

➖ Путем создания Агентства персонализации на базе Государственного центра персонализации при Кабинете Министров;

➖ Агентство «Узархив».➖ Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей создается на базе Комитета по борьбе с монополиями;

➖ Агентство гидрометеорологической службы при Министерстве природных ресурсов создается на базе Центра гидрометеорологической службы при Кабинете Министров;

➖ Комитет казначейской службы при Министерстве экономики и финансов создается на базе Казначейства Министерства финансов.

Предмет:
Официально! Количество министерств в Узбекистане уменьшилось, новый список

Сокращается аппарат Кабинета Министров, о сокращениях

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: