Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi

Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma’lum qilindi

«Rossiyskaya gazeta» sharhlovchilari ayrim ilovalar befoyda, ayrimlari esa zararli bo‘lgani uchun smartfondan o‘chirib tashlashni tavsiya qilishdi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Ekspertlar birinchi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb atashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday dasturlar smartfondagi telefon raqamlariga oid barcha ma’lumotlarni ko‘chirib oladi, bundan tashqari, smartfon egasining ismi va telefon raqamini boshqalarga berishi mumkin.
Keyingi o‘rinda batareya quvvatini tejaydigan dasturlar aytildi. Foydalanuvchilarga smartfon sozlamalaridagi quvvat tejaydigan funksiyadangina foydalanish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning aytishlaricha, quvvat tejaydigan ilovalardan hech qanday foyda yo‘q.
Shuningdek, «xotira tozalaydigan» dasturlar ham befoyda deb topildi.
«Ular ham xuddi batareya tejaydigan ilovalar kabi ishlaydi. Xotira bir ozga yengillashadi, ammo bu juda qisqa vaqt davom etadi», — deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli deb topilgan.


Комментаторы «Российской газеты» рекомендовали удалить некоторые приложения со своих смартфонов, поскольку они бесполезны и вредоносны, сообщает Tengrinews.kz.

Сначала эксперты назвали приложения для определения чисел вредоносными. По их словам, такие приложения могут копировать всю информацию о номерах телефонов на смартфон, а также выдавать имя и номер телефона владельца смартфона другим лицам.
Далее идут программы для экономии заряда батареи. Пользователям рекомендуется использовать только функцию энергосбережения в настройках смартфона. Эксперты говорят, что энергосберегающие приложения бесполезны.
Кроме того, программы «очистки памяти» оказались бесполезными.
«Они работают так же, как приложения для экономии заряда батареи. Память немного легче, но ее хватает на очень короткое время», — говорится в статье.
Кроме того, фонарики и сканеры QR-кода также оказались опасными.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: