OTM bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun qanday yangiliklar bo‘ldi?

OTM bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yili uchun qanday yangiliklar bo‘ldi?

2019-2020 o‘quv yilida sodir bo‘lgan dastlabki yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Mazkur ma’lumotlar 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida keltirilgan bayonotlar asosida tayyorlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov, vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov, boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyev, Axborot xizmati bosh mutaxassisi Bahriddin Shayvaliyev hamda bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.

Stipendiyalar miqdori qancha bo‘ldi?

2019-2020 o‘quv yili uchun stipendiyalar davlat budjeti va to‘lov kontrakt asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga qat’iylashtirilgan bir xil miqdorda 400 ming so‘m etib belgilandi. Bu joriy yilning sentabr oyidan boshlab amal qiladi.
«4» va «5» bahoga o‘qigan davlat budjeti asosidagi talabalar uchun davlat budjeti hisobidan 50 foizgacha rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi.
Kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar «4» va «5» baholarga o‘zlashtirgan taqdirda esa ularga Oliy ta’lim muassassida tashkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgacha miqdorida rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi.
Bu bakalavr va magistr yo‘nalishlari uchun birdek amal qiladi. Bitiruvchi kurslaarda davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar uchun avvalgidek 3, 4, 5 baholik tabaqalashtirilgan stipendiya saqlab qolindi.
Prezident va boshqa nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdoriavval belgilangan miqdorda qoldirildi..
Nogironlar, kam ta’minlangan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham OTM fondidan stipendiya qoplab beriladi.

Sirtqi va kechki ta’lim uchun kontrakt narxlari kamaytirildi

Joriy o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim uchun kontrakt miqdori o‘tgan yilgiga qaraganda 35-40 foizga kamaytirildi. O‘tgan yili bu summa 9 mln so‘mga teng bo‘lgan, joriy yilda esa 6 mln 300 ming so‘m etib belgilangan.

Kunduzgi ta’lim uchun to‘lov-kontrakt miqdori 18 foiz oshirildi

Joriy o‘quv yilida kontrakt miqdori 18 foizga oshirildi.
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.

Kontraktlarning stipendiyali va stipendiyasiz turlari miqdorlari

Talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m — 4 800 000 so‘m).
Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Super-kontrakt narxlari bo‘yicha yangiliklar

Joriy yilda super-kontrakt miqdorlari kamayishi kutilmoqda. Super-kontrakt to‘lovini ham ikkiga bo‘lgan holda to‘lash imkoniyati beriladi. Bundan tashqari super-kontrakt uchun ham ta’lim krediti olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Super-kontrakt bo‘yicha tez orada yangi ma’lumotlar beriladi.


Вот и первые новости 2019-2020 учебного года.

Эти данные подготовлены на основании заявлений, сделанных на пресс-конференции 10 сентября в конференц-зале Агентства информации и массовых коммуникаций с участием руководящих работников Министерства высшего и среднего специального образования Узбекистана.
В мероприятии приняли участие заместитель министра высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан Сарвар Бузруханов, начальник Главного управления министерства Абдували Халиков, начальник управления Максуд Хамроев, главный специалист информационной службы Бахриддин Шайвалиев и ряд престижных вузов, приняли участие ректоры учебных заведений.

Сколько стоит стипендия?

Стипендии на 2019-2020 учебный год установлены в размере 400 000 сумов в одинаковом размере, фиксированном для всех обучающихся, обучающихся на основе государственного бюджета и платежного договора. Вступает в силу с сентября этого года.
До 50% государственного бюджета предусматривает льготы для учащихся 4 и 5 классов, финансируемых за счет государства.
В случае контрактных студентов с оценками «4» и «5» они получат поощрение до 50% от фонда, установленного высшим учебным заведением.
Это относится как к бакалавриату, так и к магистратуре. Для обучающихся на основе государственных грантов в аспирантуре сохраняются те же 3, 4, 5 разрядные стипендии.
Для студентов, получавших Президентские и другие престижные стипендии, размер стипендии перенесен.
Также предусмотрены стипендии из фонда университета для инвалидов, детей из малообеспеченных семей, студентов, нуждающихся в социальной защите.

Снижены договорные цены на заочную и вечернюю форму обучения

В текущем учебном году сумма договоров на заочную и вечернюю формы обучения снижена на 35-40% по сравнению с прошлым годом. В прошлом году сумма составляла 9 миллионов сумов, а в этом году она установлена ​​на уровне 6 миллионов 300 тысяч сумов.

Стоимость контракта на очную форму обучения увеличена на 18%

В этом учебном году сумма контракта увеличена на 18%.
Основным фактором увеличения (индексации) суммы платежно-договорной стоимости в новом учебном году на 18%, размера заработной платы работников вузов (в 3 раза в предыдущем учебном году), тарифов на коммунальные услуги и др. содержание по мере увеличения расходов расходы высших учебных заведений увеличиваются на 74 процента по отношению к доходам.

Количество стипендиальных и нестипендиальных типов контрактов

В целях облегчения осуществления платежей студентами, обеспечения всеобщности высшего образования для широких слоев населения, начиная с 2019/2020 учебного года, размер платежно-договорной стоимости будет в двух формах — «стипендия» и «без стипендии»» был отмечен.
Нестипендиальные суммы будут формироваться путем отчисления 400 000 сумов на одного студента в месяц, всего 4 800 000 сумов в год.
Например, студенты бакалавриата, обучающиеся по направлениям «Гуманитарные науки, педагогика, технология, сельское и водное хозяйство» на платной основе (около 80% от общего числа обучающихся) с 2019/2020 учебного года, могут вносить платежи в следующий порядок:
С стипендией — 10 792 960 сумов (17 минимальных размеров оплаты труда);
Без стипендии — 5 992 960 сум (10 792 960 сум — 4 800 000 сум).
Кроме того, население сможет ежемесячно вносить суммы по контракту для облегчения платежей, а ректоры вузов будут иметь право продлевать срок выплаты.

Новости цены суперконтракта

Ожидается, что суммы суперконтрактов в этом году снизятся. Плата за суперконтракт также может быть оплачена двумя частями. Также будет возможность получить студенческий кредит по суперконтракту. Новая информация по суперконтракту будет предоставлена ​​в ближайшее время.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 16
  1. Maftuna Ashurova

    Budjetda «4» va «5» bahoga òqiydigan talabalarga davlat tomonidan 6 oy davomida rahbatlantirish beriladimi yoki bir oyginami?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Rag‘batlantirish albatta 6 oy bo‘ladi.

    2. Maftuna Ashurova

      Budjetda “4” va “5” bahoga òqiydigan talabalarga davlat tomonidan 6 oy davomida rahbatlantirish beriladimi yoki bir oyginami

  2. Umirova Dildora

    Qarorda bitiruvchi kurslar uchun bu tartib amal qilmaydi degan vazir o‘rin bosari lekin shu qarorni sharhlagan jurnalist faqat bitiruvchi budjet talabalari uchun tabaqalashgan stipendiya saqlanib qoladi degan. Bitirubvchi kurs kontraktda uqiydigan talaba qaysi tartibda stipenfiya oladi? Javob uchun oldindan raxmat

  3. Umirova Dildora

    Qarorda bitiruvchi kurslar uchun bu tartib amal qilmaydi degan vazir o‘rin bosari lekin shu qarorni sharhlagan jurnalist faqat bitiruvchi budjet talabalari uchun tabaqalashgan stipendiya saqlanib qoladi degan. Bitirubvchi kurs kontraktda uqiydigan talaba qaysi tartibda stipendiya oladi? Javob uchun oldindan raxmat

  4. Umirova Dildora

    Agar bitiruvchi kurs kontraktda uqiydigan talaba stipendiyasz tulasa 12oy kantrakt ayirilyabti lekin stipendiyali qilib tulasa eski tizim buyicha 10oy stipendiya oladimi yoki 12oymi? Stipendiyali kontrakt tulab 10 oy davomida 400ming stipendiya olsa u talaba 800ming yutqizar ekan bu hozirda barcha bitiruvchi kursla uchun muommo tug‘diryabti, shunga aniqlik kiritib berilsa yaxshi bular edi.

  5. Hafizov Murod

    Yilni qassi oyigacha super kantirakt qiliw mumkun

  6. Hafizov Murod

    Yilni qassi oyigacha super kantirakt qiliw mumkun yoki kech buldimi

  7. shaxnoza shabonova

    davlat granti asosida uqiydigan 4-kurs talabalari 3 ta fandan 3 baho olishsa 6 oy mobaynida stipendiya olishmiydimi? javobingiz uchun oldindan tashakkur.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Yo‘q, bitiruvchi kurs talabalari 3 baho uchun stipendiyadan qoldirilmaydi

  8. G‘ulom Doniyorov

    Pandemiya sharoitida 2chi yarim yillik uchun kantrakt tòlovini qancha mudatta tòlash kk qaysi oygacha

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      OTM rektorlari kontrakt to‘lashni mustaqil ravishda uzaytirishlari mumkin.

  9. Xidirov Bobir

    Yoshim 30 da 2008-yili 11-sinfga o‘qiganman lekin yakuniy imtihonlarida qatnasha olmaganim uchun menga attestat berishmagan 9-sinf shahodatnomasi bilan OTM muassasalariga hujjat topshirib imtihonlarida qatnashish mumkinmi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      9-sinf shahodatnomasi bilan OTMga hujjat topshirib bo‘lmaydi. Kechiktirilgan maktab shahodatnomasini olishingiz kerek edi.

  10. Shaxzodbek Maxmudov

    Nogironlar aytilgan balni ololmasa super kantrakt qilish uchun qanday omtiyozlar mavjud

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha imtiyozlar bo‘lmaydi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: