Maktabdagi fanlar soni qisqarishi mumkin

Maktabdagi fanlar soni qisqarishi mumkin

Ta’lim sifatida oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev maktablardagi hozirgi fanlarni qisqartirib, o‘rniga zamonaviy fanlarni ko‘paytirish kerakligi haqida gapirdi.

“Negadir biz qisqartirishdan qo‘rqamiz”

, – dedi prezident tadbir davomida.

Dastlab Mirziyoyev 10 mingdan ko‘proq maktabdan 842 tasining bitiruvchisi OTM kirmagani haqida gapirdi.

    • “Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishdan nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz “Bolalar yomon bo‘lib ketdi” degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz.

Sizlar bilan bir tan-u bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart”

, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari ota-onalarning ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish haqida ham so‘zladi.

“Ularning farzandlar uchun mas’uliyatini oshirmagunimizcha, hech narsaga erisha olmaymiz.

Ta’limga jiddiy e’tibor berishimiz, har kuni o‘z ustimizda ishlashimiz shart.

Mana bir misol – repetitor bir yilda bolalarimizga til o‘rgatadi. Maktab esa 10 yil ham o‘rgata olmasa, bu holat bizni o‘ylantirishi kerak”, — dedi prezident.

“Tahlikali zamonda yashayapmiz. Zamon shuni talab qilyaptiki, har bir harakatimiz, barcha islohotlarimizning tub zamirida ta’lim bo‘lishi kerak.

Farzandlarimizning o‘zlari talab qilyapti, bizga kechagi ta’lim kerak emas, sifatli ta’lim kerak deyishyapti. Sifatli ta’lim nima degani? Bu — sifatli kadr degani”

, – dedi prezident.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchilarga murojaati

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi o‘qituvchilar haqida:


На совещании, посвященном вопросам образования, Шавкат Мирзиёев говорил о необходимости сокращения текущих предметов в школах и увеличения количества современных предметов.

«Мы почему-то боимся порезов»

— сказал президент в ходе мероприятия.

Сначала Мирзиёев сообщил, что выпускники 842 из 10 тысяч школ не поступили в высшие учебные заведения.

«Если наука отстает от современности, какой смысл ее сохранять? Ни один выпускник из 842 школ из 10 000 не смог поступить в высшее учебное заведение. Как это оценить?

Нам нужно избавиться от мысли, что «дети испортились». Давайте зададим себе вопрос — что мы сделали, чтобы они стали лучше?! Ведь они наши дети.

Вместе с вами мы должны думать о будущем Узбекистана»

, — сказал Шавкат Мирзиёев.

Глава государства также рассказал об изменении отношения родителей к образованию.

«Пока мы не повысим их ответственность за детей, мы ничего не сможем добиться.

Мы должны уделять серьезное внимание образованию и ежедневно работать над собой.

Вот пример — репетитор учит наших детей языку за год. Если школа не может преподавать даже 10 лет, эта ситуация должна заставить нас задуматься», — сказал президент.

«Мы живем в опасное время. Время требует, чтобы образование лежало в основе всех наших действий и реформ.

Наши дети сами требовательные, мол нам не нужно вчерашнее образование, нам нужно качественное образование. Что такое качественное образование? Это означает качественный персонал»

, — сказал президент.

Предмет:
Слова Шавката Мирзиёева на совещании по народному образованию

Обращение Шавката Мирзиёева к учителям

Шавкат Мирзиёев об учителях Узбекистана:

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: