Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi

Ayni daqiqalarda Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unda Prezident so‘zga chiqib, mamlakatdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi. Tabrikda millionlab bolalar qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar qilib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarga chin dildan minnatdorlik bildirildi.
Jamiyatda ustozlarga bo‘lgan hurmat, ularning obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish borasidagi ishlarning pirovard maqsadi, mamlakatda ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirish, taraqqiyot uchun zarur intellektual avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.
Tantanali tadbir videoaloqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikaning barcha hududlaridan o‘qituvchi va murabbiylar, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqdalar.


В Международном конгресс-центре в настоящее время проходит торжественная церемония, посвященная 1 октября – Дню учителя и тренера. В церемонии принимает участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев. Об этом сообщили в УзА.
Президент адресовал поздравительное послание всем учителям и тренерам страны. В поздравительном послании выражалась искренняя благодарность трудолюбивым и благородным учителям, которые вселили свет науки в сердца миллионов детей и воспитали их достойными людьми страны.
Подчеркнуто, что конечной целью работы по уважению учителей, повышению их авторитета и авторитета в обществе является развитие в стране науки, образования и воспитания необходимого для развития интеллектуального поколения.
Мероприятие было организовано в формате видеоконференции, в которой приняли участие педагоги и тренеры, интеллигенция, представители государственных и общественных организаций со всей страны.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: