Rus saytidagi onlayn olimpiadalar o’qituvchi ustamasiga ta’sir qiladimi?

Rus saytidagi onlayn olimpiadalar o’qituvchi ustamasiga ta’sir qiladimi?
Telegramda o'qish

Rus saytidagi onlayn olimpiadalarda qatnashgan o’quvchining ustozi 823-sonli qaror bo’yicha ustama olishi mumkinmi?

Ushbu masalada Xalq ta’limi Info kanali jamoasining mulohazalarini taqdim etaman.
Savol
Maktablar edu-time.ru sayti orqali registrasiyadan o’tib onlayn imtihon topshirib sertifikat va diplom olishyapti ekan. Aytishlaricha to’lov ham qilinar ekan va shaxsiy ma’lumotlar kiritilar ekan. Bu qanchalik haqiqat? Bunday sertifikat va diplomlar bitta maktab boshiga 20-30 tadan ham to’g’ri kelganlari bor. SHuning uchun menda ham shubha uyg’otdi. Iltimos shu masalaga jiddiy yondashib huquqiy baxo bersangiz!

Boshqa obunachilar: Mening o’quvchim edu-time.ru sayti orqali registrasiyadan o’tib onlayn imtihon topshirib diplom oldi, endi men 823-sonli qaror bo’yicha ustama olishim mumkinmi?

Javob
Ayni karantin paytida juda ko’plab o’qituvchilar ayniqsa o’quvchilar tomonidan onlayn tarzda “Butun Rossiya Olimpiadasi”da qatnashib, faxrli o’rinlarni egallayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Maktab o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan ommaga tarqalgan edu-time.ru sayti orqali ro’yxatdan o’tib onlayn imtixon topshirib, g’oliblikni qo’lga kiritib turli xil ko’rinishdagi diplomlarni qo’lga kiritishmoqda ekan. Saytdan ro’yxatdan o’tish o’rtacha 70-100 rublni tashkil qilar ekan.

Eng achinarli tomoni shundaki, juda ko’pchilik o’qituvchilar shu kabi diplomlarni o’quvchilarimga olib bersam 823-sonli qaror bo’yicha ustama olishim mumkin bo’ladi deb o’ylab, o’quvchilarnini umuman O’zbekiston ta’lim tizimiga aloqasi bo’lmagan “Butun Rossiya Olimpiadasi”ga jalb qilib qanchadan-qancha pullarni buhuda haavoga sovurayotganidadir.

Ho’sh bunday diplomlar sohtami yoki haqiqiymi?

Biz bu sayt faoliyatini biroz o’rganib chiqdik. Aslini olganda bu sayt O’zbekiston aholosi uchun mo’ljallanmagan ekan. Buni saytga kirganingizda “Talabalar uchun Butunrossiya onlayn olimpiadalari” deb yozib qo’yilganidan ham bilib olish qiyin emas.

Bu shunchaki Rossiya Federasiyasi o’quvchilari bo’sh vaqtlarnini mazmunli o’tkazishi, bilimlarini sinovdan o’tkazib olishlari uchun yo’lga qo’yilgan ekan. Berilayotgan diplom bilan taqdirlash esa o’quvchilarga motivasiya berish uchun mo’ljallangan. YA’ni bu yerda firibgarlik yo’q.

Bu saytda yo’lga qo’yilgan loyiha O’zbekistonning ta’lim tizimiga umuman aloqasi yo’q, bizning ta’lim tizimimizga ham unchalik to’g’ri kelmaydi. CHunki ushbu saytda «Bizning barcha diplom va sertifikatlarimiz amaldagi Federal davlat ta’lim standartlari va Rossiya Federasiyasi Ta’lim va fan vazirligining 2014 yil 7 apreldagi «Ta’lim faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarning pedagog xodimlarini attestasiyadan o’tkazish tartibini tasdiqlash to’g’risida» gi 276-sonli buyrug’iga mos keladi.” deb katta qilib yozib qo’yilgan.

O’qituvchilar va ota-nalar esa saytning maqsadi bilan tanishib chiqmay turib, kimningdir bu diplom o’quvchilarga davlat imtihonida asqotadi, ustozlar esa bu diplom bilan 823-sonli qaror bo’yicha ustama olishi mumkin ekan degan yolg’on gaplariga ishonib ko’r-ko’rona sayt ro’yxatidan o’tib pullarini havoga sovurib yubormoqdalar.

Iltimos har qanday xabarga ishonib vahimaga berilib, diplomni olishga pullarni sariflashga mukkangizdan ketmang! U kabi saytlardan faqatgina o’quvchilar bilimini sinab ko’rishi uchun foydalanishingiz mumkin. Berilgan diplomini o’quvchilar o’qishiga yanada motivasiya berishi uchungina olib berish mumkin. YAxshisi O’zbekiston ta’lim tizimiga to’g’ri kelmaydigan saytlarga kirib vaqtingizni sarflamay O’zbekistonda yo’lga qo’yilgan ishonchli onlayn olipiadalarda qatnashing.

Muhimi kim nima desa ishonib ketavermaslik kerak.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: