Rayhon — filolog, Usmonova — yurist, Rahmatullayev — tarixchi. San’atkorlarning diplomlari haqida

Rayhon - filolog, Usmonova - yurist, Rahmatullayev - tarixchi. San'atkorlarning diplomlari haqida
Telegramda o'qish

O‘zbekistonda aksariyat xonandalar professional bilimga ega emas. Ularning ko‘pchiligi faoliyatini havaskorlar sifatida boshlagan. O‘zbek shou-biznesi vakillari qaysi oliygohlarni bitirgan?

Ushbu ro‘yxat jurnalist Nargiza Murodova tomonidan tuzib chiqilgan, deya yozmoqda «Everyday.uz».

Rayhona:

Xonanda Jahon tillari universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U ingliz tili filologiyasi fakultetida o‘qigan. Xonandalik karyerasini boshlagunga qadar fortepiano chalishni bilgan, xolos.

Nilufar Usmonova:

Nilufar «Vinehall School» (Angliya)da tahsil olgan. Keyinchalik «Sherborne International College»da o‘qishni davom ettirgan. 2006 yilda Toshkent yuridik universitetini tamomlagan. Yurist diplomini olgach, onasi kabi xonanda bo‘lishni maqsad qilgan.

Ulug‘bek Rahmatullayev:

Xonanda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarix fakultetini tamomlagan.

Bahrom Nazarov:

Xonanda Toshkent temir yo‘llari institutida o‘qigan. Diplom olgach, faqatgina bir marta poyezd haydagan.

Shahzoda Muhammedova:

Aktrisa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetida tahsil olgan.

Shahzoda Matchonova:

Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universtitetini tamomlagan aktrisa xalqaro munosabatlar o‘rniga kinoni tanlagan.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: