«Pedagog maqomi to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Hozircha, ushbu qonun loyihasida
o‘qituvchilarning ijtimoiy va moddiy farovonligi ta’minlashga doir qanday yangiliklar borligi mavhum. Hujjat loyihasi haligacha muhokama bo‘lmoqda.
Mavzuga doir:
Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi
«Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida»gi qonun zudlik bilan tasdiqlanishi kerak
Maqomi va daromadi oshgan oʻqituvchi taʼlimda sifat omili boʻla oladi