Kuni kecha poytaxtimizning Xalqaro Nordik universitetida «Finlandiya ta’lim kechasi» o‘tkazildi. Tadbirda Yevropaning shimoliy davlatidan 50 nafar nufuzli mehmon, xususan, Finlyandiya davlat va jamoat arboblari, ta’lim, ilm-fan namoyandalari, turli firma hamda kompaniyalar, biznes doirasi vakillari qatnashdi.
Tadbirda Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Villi Skinarri, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raysenyanga Xalqaro Nordik universitetining “Faxriy doktori” ilmiy unvoni topshirildi.
Shundan so‘ng Xalqaro Nordik universiteti va Kareliya amaliy fanlar universiteti o‘rtasida bitim, universitet va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolash marosimlari o‘tkazildi.
Mavzuga doir:
Nordik universitetida Maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun qabul boshlandi!
Finlandiya raqamli ta’lim qanday yo’lga qo’yilgan?
Prezident farmoni: Finlandiya mutaxassislari yordamida milliy o’quv dasturi ishlab chiqiladi