Belorusiya OTM diploma O’zbekistonda tan olinadimi?

Belorusiya OTM diploma O’zbekistonda tan olinadimi?
Telegramda o'qish

Belarus Respublikasidagi oliy muassasalaridan birida o‘qish taklif etilmoqda. Ushbu davlatda olingan oliy ta’lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinadimi?

Savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov AOKA huzuridagi shtabda bo’lib o’tgan brifingda javob berdi:

2019 yil 1 avgustda «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarni, o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim» imzolangan.

Mazkur bitimga asosan Bitim kuchga kirgan sana (2020 yil 13 iyul)dan boshlab, ikki mamlakatdagi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining o‘qish davomiyligi 4 yildan kam bo‘lmagan oliy ma’lumot yoki bakalavr darajasi to‘g‘risidagi diplomlar o‘z egalariga o‘qishni oliy ta’limning ikkinchi bosqichida (magistratura) ta’lim dasturi bo‘yicha davom ettirish huquqini beruvchi ta’limga oid hujjat sifatida o‘zaro tan olinadi.

Kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun esa O‘zbekiston Respublikasida ham, Belarus Respublikasida ham amaldagi qonunchilik doirasida sinov orqali yoki belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lgan holatlarda maxsus sinovlarsiz amalga oshiriladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: