O‘quvchini bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish tartibi

O‘quvchini bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish tartibi

⚡️O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish tartibi bilan tanishing.

⚡️O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinishi shart.

Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga olib o‘tish huquqiga ega.

O‘quvchilar harakati quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

1.Ota-ona maktab direktori nomiga farzandini boshqa maktabga o‘tkazilishini so‘rab sababini ko‘rsatgan holda ariza yozadi. Ariza bir ish kunida ko‘rib chiqiladi va ketish talloni beriladi.

2.Bolani qabul qiladigan maktab direktori nomiga ota-onalar tomonidan ariza yoziladi va ketish talloni arizaga ilova qilib beriladi. Bolani qabul qiladigan maktab shu kunning o‘zida ota-onaga kelish taloni beradi.

3.Ota-onalar kelish tallonini olib farzandi o‘qigan maktabga boradi va kelish tallonini topshiradi. Maktab direktori shu kunning o‘zida o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. So‘ng ota-onaga ushbu buyruqdan ko‘chirma, baholar tabeli va bolani tibbiy kartasini topshiradi va hujjatlarni olganligi haqida tilxat yozdirib oladi.

4.Bolani qabul qilayotgan maktab yuqoridagi hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Buyruqdan ko‘chirmani o‘quvchi o‘qigan maktabga yuboradi.

⚠️Diqqat! O‘quvchi boshqa maktabga o‘tayotganda uning fayli maktabda qoladi. Faqatgina, baholar tabeli, tibbiy kartasi va o‘quvchilar safidan chiqish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma beriladi. Agar o‘quvchi 10-11-sinfda o‘qisa 9-sinfdagi shahodatnomasi ham qo‘shib beriladi.

O‘quvchi faylida qolgan hujjatlar (metrka nusxasi, ota-onasini passport nusxasi, rasm va boshqa) tegishli tartibda maktab arxiviga topshiriladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrug‘i.


⚡️Ознакомьтесь с порядком перевода учащихся из одной школы в другую.

⚡️При переводе учащихся из одной школы в другую необходимо соблюдать следующую последовательность.

Родители имеют право перевести ребенка из одной школы в другую.

Движение учащихся осуществляется в следующем порядке.

1. Родители пишут заявление на имя директора школы с просьбой о переводе их ребенка в другую школу с указанием причины. Заявка будет обработана в течение одного рабочего дня и будет выдано свидетельство о выезде.

2. Заявление родителей пишется директору школы, принимающей ребенка, и к заявлению прилагается отпускное удостоверение. Школа, которая принимает ребенка, в этот же день выдает родителям карту посещаемости.

3. Родители берут талон о посещаемости и идут в школу, где учится их ребенок, и сдают талон о посещаемости. В тот же день директор школы издает приказ об отчислении учащегося из школы. Затем отдает родителю копию этого приказа, табель успеваемости и медицинскую карту ребенка и пишет расписку о получении документов.

4. После получения вышеуказанных документов школа, принимающая ребенка, в тот же день издает приказ о зачислении ребенка в ряды учащихся. Копия приказа направляется в школу, где учился учащийся.

⚠️Внимание! Когда учащийся переходит в другую школу, его дело остается в школе. Выдадут только табель успеваемости, медицинскую карту и выписку из приказа о выходе из рядов студентов. Если учащийся учится в 10-11 классе, к нему добавляется аттестат 9 класса.

Остальные документы в деле учащегося (копия удостоверения личности, копия паспорта родителей, фото и др.) сдаются в школьный архив в установленном порядке.

Основание: Приказ Министра народного просвещения № 13 от 2 июня 2015 г.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Gulnoza

    Iltimos hududiy maktablarga joylanish majburiyatini quyinglar òģlimi òz hududimda òqitishga haqqim yòqmi hujjat topshirsam rad etildi digan sms turibdi uzaģlardan kelib hududimdagi maktabda òqib ketishadi lekin bolam boshqa hududga qatnaydi bolani qiynashdan kim manfaatdor bu yerda korrupsiya hal qiladimi qonun yòqmi bolani huquqii yòqmi òz hududida òqishga orzu qilib bechora qiynalib uzoqqa qatnab òqiyabdi :?:

  2. Gulnoza

    Bolani hududiy maktablar olishga majburiyat yuklatishlaringizni surayman

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: