Bilasiz, bizning maktablarda darsadan so‘ng boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarni maktab darvozasiga yoki yo‘l bo‘yigacha kuzatib qo‘yishadi. Shundan so‘ng ularni yaqinlari uyga olib ketadi. (AQSH maktablarida ham o‘qituvchilar bolalarni shunday kuzatib qo‘yishadi) Xullas, kamdan-kam hollarda kichik yoshdagi bolalar uylariga yolg‘iz ketishadi.
Mana shu holat Finlyandiyada mutlaqo boshqacha ekan. Ya’ni, fin o‘qituvchilari bolalarni kuzatib qo‘yishmas ekan. U yerda o‘quvchilar darsdan chiqib yolg‘iz o‘zlari uyga otlanishadi. Hamma, hatto birinchi sinflar ham.
Bu haqda Timoti Uoker o‘zining «Finlyandiya ta’lim mo‘jisasi» kitobida yozgan. Ushbu jarayonni ko‘rib hayron qolgan muallif bu haqda shunday yozadi:
«Ikkinchi sinfda tahsil oladigan o‘quvchi qiz bilan gaplashganimda u doim uyiga bir o‘zi ketishini aytdi. Bu ham yetmagandek, qizaloq ota-onasining faqat kechga yaqin uyga qaytishini aytdi. Lekin u bo‘sh o‘tirmas, mustaqil ravishda darslar qilar va o‘ziga oddiyroq taom ham tayyorlar edi»
Ya’ni, Finlyandiya bolalariga uyda ham maktabda ham katta yoshlilarning kuzatuvisiz ko‘p ishni bajarish uchun imkoniyatlar berilar ekan. Finlyandiyadagi so‘ngi islohotlar natijasida bolalarning erkinligi va mustaqilligini rivojlantirishga o‘rg‘u beradigan ta’lim dasturi qabul qilingan.
Agar mana shuni O‘zbekiston ta’limiga ko‘chirsak hammasi ostun-ustun bo‘lib ketishi ham mumkin. Chunki, Finlyandiya ta’limining bunday yutuqlari faqat ta’limdagi islohotlarning o‘zigagina bog‘liq emasga o‘xshaydi.
U yerda nafaqat ota-onalar balki, butun bir jamiyatning dunyoqarashi o‘zgacha. Shu sababli bolalarga berilgan mustaqillikni ular to‘g‘ri qabul qilishgan bo‘lsa kerak.
Mavzuga doir:
Nima uchun maktablarga mustaqillik kerak?
Mustaqillik kuni she’rlar, eng yangi she’rlar to‘plami
Bolaning qanchalik mustaqilligini, yoki ota-onasiga bog’liqligini ertak orqali aniqlash