O‘qituvchilarni mukofotlash yangi qaror masalasida XTV bayonot berdi

XTV O‘qituvchilarni mukofotlash va rag‘batlantirish masalasida bayonot berdi

​​Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni mukofotlash, rag‘batlantirish va ustamalar borasida ilgari surilgan turli talqinlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

«Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgust kuni qabul qilingan 425-sonli qarori bilan ayrim qarorlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli Qarorlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur o‘zgartirishlar joylardagi korrupsion holatlarni shuningdek, moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olishga qaratilgan bo‘lib, mablag‘larning maktab rahbarlari hamda joylardagi mas’ullarning suiste’mol qilinishini oldini olish ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, o‘zgarishlar bevosita o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladigan direktor jamg‘armasi mablag‘lari miqdorini pasayishiga olib kelmaydi. Aksincha, mablag‘lar aniq mezonlar asosida belgilanadigan ustamalarga ajratiladigan mablag‘larni ko‘payishiga va mukofotlashni “barcha uchun tenglik” tamoyili asosida amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Qonunchilikka ko‘ra joriy yilda Direktor jamg‘armasi jami maktab ish haqi fondining 12 foizi bo‘yicha shakllantiriladi. Mazkur jamg‘arma hisobidan 2022 yilning avgust oyiga qadar maktabning eng ilg‘or o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama, shuningdek, mablag‘lar doirasida xodimlarga moddiy yordam va mukofot berish imkoniyati berilgan edi.

Ma’lumot uchun: 2021 yilda bir maktabda o‘rtacha direktor jamg‘armasining 55 foizi pedagog xodimlarga har oylik ustamalar uchun hamda qolgan 45 foizi mukofot va moddiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Biroq, joylarda o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama berish o‘rniga foizni kamaytirish va qolgan summani moddiy yordam hamda mukofotga yo‘naltirish amaliyoti yildan-yilga oshib borgan.

Misol uchun: 2021 yilda maktabning ish haqi fondiga 787,5 million so‘m va direktor jamg‘armasiga 175,5 million so‘m ajratilgan. Ushbu Jamg‘arma mablag‘larining faqatgina 20 foizi pedagog xodimlarga har oylik ustamalar uchun qolgan 80 foizi mukofot va moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan.

Ko‘p hollarda Jamg‘arma hisobidan maktab direktorlari “tanish-bilish” orqali xodimlarga moddiy rag‘batlantirish, surunkali ravishda aynan bir guruh xodimlarga takror-takror amalga oshirgan.

Mukofot pullari direktorga yaqin bo‘lgan xodimlarga, qarindosh va tanishlarga rasmiylashtirilganligi;
avvalgi tahrirda jamg‘arma hisobidan moddiy yordam miqdori chegaralanmaganligi sababli istalgan hajmda moddiy yordam ko‘rsatish orqali o‘g‘irlik holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha materiallar huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Shundan kelib chiqib yangi tahrirda direktor jamg‘armasidan moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlari va holatlari aniq belgilab qo‘yildi. Natijada mukofot va moddiy yordam pullarini sababsiz berish imkoniyatlari cheklandi, maktab doirasida o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun ajratiladigan jami summa esa saqlab qolindi.

Bu esa:
— mablag‘larni bevosita o‘qituvchilarning ustamalariga yo‘naltirish;
— moddiy yordam ko‘rsatishning aniq holatlarini belgilash
(xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda);
— mukofot pullarini barchaga teng miqdorda berish imkoniyatini yaratdi.

Shuningdek, Vazir jamg‘armasi orqali yagona tamoyil asosida respublika bo‘yicha malakali pedagog xodimlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5,1 mln. so‘m) miqdorida har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xuddi shunday miqdorda ilg‘or xodimlarga bir martalik pul mukofotini to‘lash amaliyoti joriy etildi.

Xulosa o‘rnida Direktor jamg‘armasiga beriladigan mablag‘lar kamaytirilmaganligi, aksincha, moddiy yordam va mukofot pullarini aniq maqsadlarga va tenglik tamoyili asosida berish ta’minlanganini qayd etish kerak.

O‘zgartirishlar orqali Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish orqali o‘qituvchi va boshqa xodimlarga to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlash maqsad qilingan.» — deyiladi vazirlikning bergan rasmiy bayonotida.


Министерство народного образования опубликовало официальное заявление относительно различных толкований, выдвинутых в отношении поощрений, поощрений и премий учителей.

«Как сообщалось ранее, постановлением №425 Кабинета Министров Республики Узбекистан, принятым 2 августа 2022 года, в некоторые решения внесены дополнения и изменения.

В частности, соответствующие изменения внесены в Постановление Кабинета Министров № 823 от 30 сентября 2019 года «О совершенствовании порядка материального поощрения образцовых работников общеобразовательных учреждений общего образования».

Эти изменения направлены на предотвращение местной коррупции, а также финансовых ошибок и недочетов, и призваны предотвратить нецелевое использование средств руководителями школ и местными чиновниками.

Стоит отметить, что изменения не приведут к уменьшению суммы средств из фонда директора, которые будут направлены непосредственно на стимулирование учителей. Наоборот, средства будут служить для увеличения средств, выделяемых на премии, определяемые на основе конкретных критериев, а начисление будет осуществляться на основе принципа «равенства для всех».

Согласно закону, в этом году директорский фонд будет формироваться из расчета 12% от общего фонда оплаты труда школы. Из этого фонда до августа 2022 года наиболее продвинутым учителям школы была предоставлена ​​надбавка до 40%, а также возможность оказания материальной поддержки и премирования сотрудников в рамках фондов.

Для справки: в 2021 году 55 процентов среднего фонда директора школы направляется на ежемесячные премии педагогическому персоналу, а остальные 45 процентов — на премии и финансовую поддержку. Однако вместо того, чтобы давать до 40% надбавки учителям, практика уменьшения процента и выделения оставшейся суммы на финансовую помощь и вознаграждение увеличивается с каждым годом.

Например: в 2021 году в фонд оплаты труда школы выделено 787,5 млн сумов, в фонд директора — 175,5 млн сумов. Только 20 % средств этого фонда направляются педагогическим работникам на ежемесячное довольствие, а остальные 80 % – на премии и финансовую поддержку.

Во многих случаях за счет Фонда директора школ материально стимулировали сотрудников путем «знакомства друг с другом», хронически и неоднократно одной и той же группе сотрудников.

Премиальные деньги были выданы сотрудникам, близким к директору, родственникам и знакомым;
в предыдущей версии случаи воровства выявлялись путем оказания финансовой помощи в любом размере в связи с тем, что размер финансовой помощи от фонда не ограничивался. Материалы по этим делам переданы в правоохранительные органы для правовой оценки.

Исходя из этого, в новой редакции были четко определены размеры и обстоятельства оказания материальной поддержки из фонда директора.В результате были ограничены возможности давать награды и деньги материальной помощи без оснований, а общая сумма, выделяемая на продвижение учителей внутри школы, сохранялась.

И это:
— выделение средств непосредственно на премирование учителей;
— определение конкретных случаев финансовой помощи
(когда сам работник или его близкий родственник умирает, заболел или пострадал в результате стихийного бедствия);
— дали возможность раздать призовые всем в равных количествах.

Также через Фонд министра на едином принципе установить ежемесячные надбавки в размере 5,5-кратного размера минимальной заработной платы (в настоящее время 5,1 млн.сум) квалифицированным педагогическим работникам по республике, а также аналогичную практику введена единовременная премия передовым работникам.

В заключение следует отметить, что средства, направляемые в Директорский фонд, не были сокращены, а наоборот, обеспечено, чтобы финансовая поддержка и премиальные средства направлялись на конкретные цели и на основе принципа равенства.

Через изменения направлено на то, чтобы средства, выделенные из государственного бюджета, были должным образом доставлены учителям и другим работникам за счет эффективного и рационального использования. — говорится в официальном сообщении министерства.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: