Navbat surxondaryoga! O‘qituvchilar faoliyati baholanmoqda

Navbat surxondaryoga! O‘qituvchilar faoliyati baholanmoqda

Surxondaryoda Xalq ta’limi tizimi xodimlarining bilim darajasi baholanmoqda.

Joriy yilning 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyati xalq ta’limi tizimi boshqaruv xodimlari, maktab direktorlari va o‘qituvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9 dekabr kuniga qadar davom etadigan test sinovlarida 32 769 nafar o‘qituvchi va boshqaruv xodimlarining bilimi o‘z mutaxassislik fanlari hamda davlat tili bo‘yicha baholanadi.
Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida test jarayonlarini tashkil etish, uni o‘tkazish, o‘qituvchilarning test sinovlarida belgilangan jadval asosida tashkiliy ravishda ishtiroklarini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
SHuningdek, bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga umuman kirmagan Termiz tumanidagi 15-sonli va 21-sonli maktablarning faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur maktablar rahbariyati va o‘qituvchilari jamoasiga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar topshirildi. Jumladan, o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtiga tayyorlash va to‘g‘ri yo‘naltirish ishlarini 9-sinfdan boshlash, 11-sinf o‘quvchilari bilan alohida maqsadli ishlash, barcha asosiy fanlardan qo‘shimcha darslar tashkil etish, o‘qituvchilarning darslarni sifatli o‘tishi yuzasidan dars tahlillarini muntazam olib borish, tuman XTB tomonidan har ikki maktabga bir nafardan mas’ul biriktirish, ilg‘or maktablar bilan tajriba almashishni tashkil etish, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida anonim so‘rovnomalar o‘tkazish orqali o‘qituvchilar faoliyatini baholash va so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dars taqsimotlarini qayta ko‘rib chiqish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.


Оценивается уровень знаний сотрудников системы народного образования Сурхандарьинской области.

26 ноября текущего года начался процесс тестирования по определению уровня знаний руководящего состава, директоров школ и учителей системы народного образования Сурхандарьинской области. Об этом сообщает пресс-служба Министерства народного образования.
В тестах, которые продлятся до 9 декабря, будут оцениваться знания 32 769 учителей и администраторов по своим специальностям и государственному языку.
Состоялось совещание с участием руководителей всех районных (городских) отделов народного образования Сурхандарьинской области по организации и проведению процессов тестирования, обеспечению участия педагогов в тестировании на основании установленного графика.
Выпускники также ознакомились с деятельностью школ №15 и №21 Термезского района, которые вообще не входят в состав университета.
Перед руководством и педагогическим коллективом этих школ поставлена ​​задача улучшить качество образования. В частности, работа по подготовке и направлению учащихся в высшие учебные заведения с 9-го класса, целевая работа с учащимися 11-х классов, организация дополнительных занятий по всем профилирующим предметам, проведение учителями регулярных анализов уроков по качеству уроков, задание человек в каждую школу районным МИО, организовать обмен опытом с передовыми школами, провести анонимные опросы среди учащихся и родителей. Даны оценка работы учителей и пересмотр планов уроков по результатам опроса и другие поручения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: