O‘qituvchilarga qachon avtokreditlar ajratiladi?

O‘qituvchilarga qachon avtokreditlar ajratiladi
Telegramda o'qish

2018 yilda o‘qituvchilar uchun qulay narxlarda avtokreditlar va uy-joylar ajratilishi haqida eshitmagan odam yo‘q bo‘lsa kerak.

Xatto shu yili, ya’ni 2018 yil 14 avgustda Prezident qarori ham tasdiqlangandi.

Bu PQ-3907-sonli qaror bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan 14% lik 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga, dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi miqdorda, tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Undan tashqari har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berish, shuningdek, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida pedagog xodimlarning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 foiz stavka miqdorida kreditlar berish tartibini ishlab chiqilishi lozimligi ham belgilangandi.

Afsuski, oradan ikki yil o‘tgan bo‘lsada yuqoridagilarning hech biri bajarilmadi.

To‘g‘ri, qanchadir miqdorda avtokreditlar ajratildi. Lekin, bu juda oz miqdorda ajratilganligi uchun o‘qituvchilar bu xabarni eshitishga ham ulgurmasdan belgilangan limit tugab bo‘ldi.

O‘shanda «Malibu», «Tracker», «Lacetti» uchun limit belgilanmagan. Xatto bu mashinalarga chegirmalar ham bo‘lgan.

Lekin, aynan o‘qituvchilar sotib olishga qurbi yetadigan «Spark», «Damas» va «Nexia 3» avtomashinalarini sotib olishga esa chegara qo‘yilgan.

Ya’ni, butun O‘zbekiston bo‘yicha quyidagi avtomobillarga:
«Spark» — 500 ta
«Damas» — 1000 ta
«Nexia 3» — 3000 ta miqdorida limit belgilangandi.

Shuningdek, bu imtiyozli avtokreditlar faqatgina Xalq ta’limi xodimlari uchun emas balki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlari uchun ham amal qilgan. Bu butun O‘zbekistondagi o‘qituvchilar uchun dengizdan tomchi degani.

Moliya vazirligi, Markaziy bank, «O‘zavtosanoat» AJ, Xalq ta’limi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi «O‘zshaharqurilishinvest» va «Qishloqqurilishinvest» injiniring kompaniyalari o‘qituvchilar uchun qulay narxlarda bo‘lgan uy-joy va avtokreditlar masalasini yana bir ko‘rib chiqsa yaxshi bo‘lardi.

O‘qituvchilarga kredit uchun uy va mashinalar berilsa, Markaziy bank ham, «O‘zavtosanoat» AJ ham foyda qilsa qiladiki, zarar qilmaydi. Kredit uchun deyilyapti, har qalay tekinga berilsin deyilmayapti.

P.S: O‘qituvchi maqomini oshirish kerak deymizku, lekin shu oddiygina kredit masalasi xali ham ijobiy hal etilmaydi negadir.

Manba: @dokument_zamdirektor

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: