Bu yil o‘rta ma’lumotli o‘qituvchilarga sirtqi ta’lim ochiladimi?

Bu yil o‘rta ma’lumotli o‘qituvchilarga sirtqi ta’lim ochiladimi?

⚡️Bu yil o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sirtqi ta’limda o‘qish uchun imkoniyat .

Yaqinda 2021-2022 o‘quv yilida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun sirtqi ta’limda o‘qish uchun alohida kvotalar ajratilishi masalasiga oydinlik kiritamiz deb xabar bergandik.

Ma’lumki, 2020 yil 6 noyabr kuni “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolangandi.

Farmonda 2021/2022 o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratilishi ko‘zda tutilgandi.

Biz o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga ajratiladigan kvotalar masalasiga oydinlik kiritish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova bilan bog‘landik. L.Rustamovaning aytishicha, joriy yilning 24 iyun kuni Xalq ta’limi vaziri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori ishtirokida o‘tkazilgan, 2021-2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarga qabul qilishning davlat buyurtmasi haqidagi matbuot anjumanida bu masalaga to‘liq oydinlik kiritilgan ekan.

O‘tkazilgan ushbu matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xalq ta’limi tizimida ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun bu yil sirtqi ta’lim uchun alohida kvotalar ajratilishi rejalashtirilmagan deya ma’lum qilgan.

Demak xulosa shuki, bu yil maktablarda faoliyat olib borayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning sirtqi ta’limda o‘qishi uchun alohida kvotalar ajratilmaydi. Prezidentning PF-6108-sonli farmonida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun imtiyozlar berilishi aytilsada, bu nima uchun amaliyotga joriy qilinmaganligi hozircha bizga qorong‘u.


⚡️В этом году есть возможность для учителей со средним специальным образованием учиться заочно.

Недавно мы сообщали, что внесем ясность в вопрос о выделении специальных квот на дистанционное обучение для учителей со средним специальным образованием в 2021-2022 учебном году.

Как известно, 6 ноября 2020 года подписан Указ Президента «О мерах по развитию образования и науки в новый период развития Узбекистана».

Постановлением предусмотрено, что с 2021/2022 учебного года для педагогов, работающих в общеобразовательных учреждениях, не имеющих высшего педагогического образования, будут действовать специальные целевые параметры приема на бакалаврскую форму заочной формы обучения.

Мы связались с пресс-секретарем Министерства народного образования Лайло Рустамовой, чтобы уточнить вопрос о квотах для учителей со средним специальным образованием. По словам Л.Рустамовой, 24 июня т.г. с участием министра народного образования, министра высшего и среднего специального образования и директора Государственного центра тестирования был проведен семинар по приему в высшие учебные заведения на 2021-2021 годы. 2022 учебный год на пресс-конференции по госзаказу вопрос получил полную ясность.

На пресс-конференции министр высшего и среднего специального образования Абдукодир Ташкулов сообщил, что в этом году не планируется выделение специальных квот на дистанционное обучение для учителей со средним специальным образованием, работающих в системе народного образования.

Делается вывод, что в этом году специальных квот на дистанционное обучение для учителей со средним специальным образованием, работающих в школах, не будет. Хотя Указ Президента ПФ-6108 предусматривает льготы для учителей со средним специальным образованием, непонятно, почему это не реализовано на практике.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 14
  1. Munojat

    Assalomu alaykum men maktabda labarant bo‘lib ishlayman o‘rta maxsusligim uchun dars berishmaydi.Men xam maxsus sirtqida o‘qiy olamanmi .Iltimos dars bermasak xam bizga imkon beringlar

  2. Гоззал

    Ассалаума аликум. Орта маглыуматлы мугаллимлерге сырткы талим ашылама бир жуабын берин. Хужжетлеримизди тапсырып едик. Призидентимиз карар шыгарып еди бул бойынша ким амелге асырады. 5000 орта маглыуматлы мугаллимлер кутип отыр.

  3. Аноним

    Assalomu alaykum maqsadli qabul ochildi lekin nega buncha kam o‘rta mahsus o‘qituvchilar kupku 5226 ta edi undan 572 ta o‘qituvchilarni qabul qilibdi ,qolganlarni ham qabul qiladima yuqmi

  4. Xurshida

    Assalomu alaykum men òrta maxsus ligim uchun ishga bir necha yil dan buyon qaytolmayman endi bizga ish yo‘qmi menga òxshagan lar qancha si bor biz endi ishlayolmaymizmi

  5. Ziyoyeva Nilufar Abdunazarovna

    Men 20 yil stajga egaman.5 yil stajiga ega bòlgan òqituvchilarga sirtqi ta’lim ochildi.Men qayerga murojiat qilishim kerak.

  6. Qo‘shbarmaqova Nafisa

    Men Qo‘shbarmaqova Nafisa 32 yil stajga egaman. Maktabda dars berilmayapti kimga murojat qilishim mumkin.

  7. Husaynova Xurshida

    Men òrta maxsusman imtixonga kirib chiqdim 55 ball bn chiqdim.Men endi òqishga kirolmadim stajim 21 yil endi nima qilsam bòladi.

  8. Bobomurodova Sayyora

    Men òrta maxsusman.Imtixondan 68.2 ball oldim. Xotin qizlardan 2ta imtiyozim bor.20 yil stajim bor.Òrta maxsuslarga ish berilmaydi degilgani uchun boģchaga ishga kirdim .Imtiyozim inobatga olinmadi.Tanlov natijalari qachon chiqadi?56.7dan yuqori ball olganlar òqishga gabul qilinadi deyilgan edi.Nima uchun man qabul qilinmadim?

    1. Аноним

      Diplomida o‘qituvch ilovasi bor o‘rta maxsus o‘qituvchilarni maxsus sirtqiga o‘qishga imtihonsiz stajiga qarab qabul qilinsa adolatli ish bo‘ladi

  9. Raximova Dilnoza

    Men o‘rta maxsus boshlanĝich o‘qituvchisiman.23 yil stajga egaman.97ball olgandim, maxsus ajratilgan kvota buyicha ro‘yxat qachon chiqadi.Qayerdan bilsak buladi

    1. Latipova Fazilat

      o‘rta maxsuslarga 2023 yil maktaba dars beriladimi oliy talimga imtiyozlar bormi

  10. Elmonova Shaxnoza

    Men Elmonova Shaxnoza , 1994-yil Y.Oxunboboyev nomli boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi tugatganman, meni oliy ta’lim diplomi olishimga yordam bering уоshim 47 da . 20yil o‘qituvchilik qildim. 1994-yil 35 -maktab Qarshi tumanga ishladim, hozir 2010 -yildan Qarshi shahri 25-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman.

  11. Nigora

    Men maxsus sirtqi boʻlimga topshira olamanmi 4 yil maktabgacha taʼlimda ishlahanman

  12. Darxonova Dilfuza

    Men 1994 yildan buyon Qashqadaryo viloyati Guzor tumanidagi 38 maktabda 29 yildan buyon boshlangich talim yonalishida ishlab kelmoqdaman .Men buyon yildan davomida Orta maxsussan tamgasi bilan tahqirlanib kelmoqdaman Oliy talimda omadim chopmadi.Jamoa VA shogirdlarim ortasida izza bolyapman .Nima qilishni bilmay qoldim

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: