Koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi?

Koronavirusga qarshi vaksina xavfsizmi
Telegramda o'qish

Yurtimizda ham joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bois ham, SSV matbuot xizmati vaksinalar pandemiyani toʻxtatishga qodirmi? U oʻzi nima uchun kerak? “COVID-19» ga qarshi vaksina xavfsizmi singari savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekovdan javob oldi.

— Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak, — deydi N. Otabekov. — Buning qanchalik tez sodir boʻlishi koʻpgina omillarga bogʻliq. Xususan, vaksinalarning samaradorligi qanchalik tez isbotlanishi, JSST tomonidan tasdiqlanishi, ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi hamda emlanuvchi aholi qatlamining shakllantirilishi kabilarga ham bogʻliq.
— “COVID-19» ga qarshi vaksinatsiya oʻzi nima uchun kerak?
— Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga yordam beradi. Vaksinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqishi mumkin boʻlgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat oʻzimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.
“COVID-19″ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu oʻrinda dunyo boʻyicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham boʻlishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.
Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan oʻzini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.
— “COVID-19″ga qarshi vaksina xavfsizmi?
— Oʻzbekiston Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaksinalardan foydalanadi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: