Nodavlat ta’lim tashkilotlarini ochish tartibi yengillashdi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini ochish tartibi yengillashdi

❓Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti ochish tartibi qanday hamda ular amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy talablar va shartlar nimalardan iborat?

✅ Bugungi kunda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tartibga solinadi.

Mazkur qarorga muvofiq litsenziya talabgori litsenziyani olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi lozim:

1) ariza;
arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), taʼlim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisob varag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

2) pedagog kadrlar haqida maʼlumot;

3) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

4) taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar

5) arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im (bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari).
Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga muvofiq nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun asosiy litsenziya talablari va shartlari quyidagilardan iborat.

1. O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanganligi

2. Taʼlim oluvchilar soniga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchilar shtat birliklari

3. O‘qituvchilarning malaka toifalariga (lavozimlariga) ko‘ra salohiyati

4. Chet tili o‘qituvchilarining chet tilini bilishi darajasi

5. Umumiy o‘rta (o‘rta maxsus) taʼlim tashkilotining hududiga qo‘yiladigan talablar

6. Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi

7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga imtiyoz taqdim etilganligi

8. Shuningdek, barcha ta’lim turlari uchun belgilangan umumiy litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlik.

Mavzuga doir:
xususiy maktab va bog‘cha ochish tartibi qanday?

Bolalar bog‘chasini ochish tartibi qanday?

Nodavlat taʼlim tashkilotlari ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin


❓ Каков порядок открытия негосударственной организации общего среднего образования и какие основные требования и условия они должны соблюдать?

✅ На сегодняшний день лицензирование услуг негосударственного общего среднего образования регулируется постановлением Кабинета Министров №80 от 21 февраля 2022 года.

В соответствии с данным решением соискатель лицензии должен направить в электронном виде через информационную систему «Лицензия» (license.gov.uz) или Единый портал интерактивных государственных услуг (my.gov.uz) для получения лицензии следующие документы:

1) заявление;
в заявлении должны быть указаны:
наименование и организационно-правовая форма юридического лица, почтовый адрес, адрес электронной почты (при наличии), адрес образовательной деятельности, наименование банка и счета в банке, идентификационный номер налогоплательщика (ИНН), лицензируемый вид деятельности, перечень образовательной деятельности , причина заполнения заявления (получение новой лицензии, перерегистрация), согласие соискателя лицензии на соблюдение требований и условий лицензии;

2) сведения о педагогических кадрах;

3) электронные копии учебных планов и программ;

4) документы, подтверждающие наличие имущественных или иных вещных прав на здание, в котором осуществляется образовательная деятельность

5) плата за обработку заявки (в 2 раза больше суммы базового расчета).
Основные лицензионные требования и условия оказания услуг негосударственного общего среднего образования в соответствии с единым положением о порядке лицензирования отдельных видов деятельности посредством специальной электронной системы, утвержденным вышеуказанным решением, следующие.

1. Обеспечение учебной и учебно-методической литературой и информационно-ресурсной базой

2. Штатные единицы преподавателей на количество учащихся

3. Потенциал учителей по квалификационным категориям (должностям).

4. Уровень знаний преподавателей иностранных языков

5. Требования к территории общеобразовательной (средней специальной) образовательной организации

6. Уровень информационно-технологического обеспечения

7. Предпочтение отдается детям из семей, нуждающихся в социальной защите

8. А также соблюдение общих лицензионных требований и условий для всех видов образования.

Предмет:
Каков порядок открытия частной школы и детского сада?

Каков порядок открытия детского сада?

Негосударственные образовательные организации также могут участвовать в оценочном рейтинге.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: