Maktablarda onlayn ta’lim yana davom etishi ta’kidlandi

Maktablarda onlayn ta’lim yana davom etishi ta’kidlandi

Xalq ta’limi vazirligi farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalarga murojaat yo‘lladi.

«III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnoma ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tushunmovchilik va e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Aytish joizki, mamlakatimizda maktablar 2020 yil sentyabr oyidan sanitar-epidemiologik talablarga javob bergan holda bosqichma-bosqich faoliyatini tikladi.

Qishki ta’tildan avval, respublika o‘quvchilarining 90 foizi an’anaviy ta’limga qaytdi. Qolgan 10 foiz o‘quvchilarning ham kelajagiga befarq bo‘lmay, ularni ham maktab ta’limiga bevosita qamrab olish maqsad qilingan edi.

Xalq ta’limi vazirligi havotirga o‘rin yo‘q ekanligini, uyida kasallik tarqalishiga havotir katta bo‘lgan, keksa odamlari bor hamda salomatligida surunkali xastaligi bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun parallel ravishda “Onlayn-maktab” loyihasi ham davom ettirilishini ma’lum qiladi.

Bunday oilalar avvalgi chorakdagidek, o‘qishlarini uyidan davom ettirishlariga imkoniyat yaratiladi.

Aziz ota-onalar!

O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda ularga karantin davrida o‘qituvchilari va tengdoshlari bilan o‘zaro bevosita muloqot yetishmagani aniqlandi.

Maktabga bormayotgan o‘quvchilar esa afsuski, ana shunday imkoniyatdan mahrum bo‘lib qolmoqda. Bola uchun do‘stlari bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ular bilan bir jamoa bo‘lib ta’lim olish juda muhim, hech qanday eng zamonaviy texnologiya aynan shu muhitni bola uchun ta’minlab bera olmaydi.

Shu o‘rinda farzandini maktabga yubormaydigan ota-onalardan, ularning vaqtini besamar o‘tkazmasliklari hamda uyda ta’lim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib, ularni to‘liq nazoratga olishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlik murojaatida.


Министерство народного просвещения обратилось к родителям, которые не отправляют своих детей в школу.

«Объявление о полной традиционализации учебного процесса во всех школах с третьей четверти вызвало массу недоразумений и протестов в социальных сетях.

Следует отметить, что в сентябре 2020 года школы в нашей стране постепенно возобновили свою деятельность в соответствии с санитарно-эпидемиологическими требованиями.

Перед зимними каникулами 90 процентов школьников республики вернулись к традиционному обучению. Цель состояла в том, чтобы зачислить оставшиеся 10 процентов учащихся непосредственно в школу, независимо от их будущего.

В Министерстве народного образования заявили, что волноваться не о чем, а параллельно будет реализовываться проект «Онлайн-школа» для обучения школьников пожилого возраста, пожилых и имеющих хронические заболевания, объявляют, что он будет продолжен.

Такие семьи смогут продолжить обучение дома, как и в предыдущем квартале.

Дорогие родители!

Опросы школьников выявили отсутствие у них прямого контакта с учителями и сверстниками в период карантина.

К сожалению, учащиеся, не посещающие школу, такой возможности лишены. Для ребенка очень важно быть в постоянном контакте со своими друзьями и воспитываться в коллективе, так как никакие современные технологии не могут обеспечить такую ​​среду для ребенка.

Мы призываем родителей, которые не отправляют своих детей в школу, принять все необходимые меры для того, чтобы они не теряли время зря и учились дома», — говорится в сообщении министерства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: