Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha variantlar ko‘rib chiqilmoqda

Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha variantlar ko‘rib chiqilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib bormoqda

 

Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv yilini qay tarzda boshlash ustida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ish olibborayotganligini ma’lum qildi:

1-senariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda.

2-senariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

3-senariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni davomat erkin bo‘ladi oddiy darsda qatnashsayam yoki onlayn dars orqali qatnashsayam.

Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda aytish joizki, karantin qoidasi o‘zgarishidan qatiy nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o‘qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.


Минобразования прорабатывает три сценария начала учебного года

В настоящее время Министерство народного образования, Министерство здравоохранения и другие профильные министерства и ведомства изучают, как начать учебный год.

Министерство народного образования объявило, что работает над тремя сценариями начала учебного года:

Сценарий 1: По мере стабилизации пандемии школы возобновят нормальную работу. Это лучший вариант для министерства и наших студентов. Международный опыт показывает, что дети школьного возраста менее подвержены заражению и реже заражаются, чем взрослые.

Сценарий 2: Если заключение Минздрава о распространении вируса среди детей в Узбекистане не будет положительным, возможно, придется продолжить обучение онлайн.

Сценарий 3. В гибридном сценарии открываются школы. Школы также будут переведены на классную систему. Только в определенной области, в зависимости от школьной ситуации, ученики продолжат получать образование в онлайн-классах или в школьных классах.

На начальном этапе это означает, что родители, которые заботятся о здоровье своего ребенка, смогут обучать своего ребенка онлайн дома, а это значит, что посещение будет бесплатным, если я буду посещать обычные занятия или брать онлайн-занятия.

Окончательное решение будет объявлено решением Республиканской специальной комиссии.

Следует отметить, что, несмотря на изменения в правилах карантина, министерство планирует продолжить проект онлайн-школы. Проект послужит постоянной возможностью для ребенка закрепить полученные внеклассные знания дома, а для учителей – получить мастер-классы от своих квалифицированных коллег.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: