Maktablarda darsdan oldin madhiya kuylanishi aytilmoqda

Maktablarda darsdan oldin madhiya kuylanishi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev imzolagan xat surati paydo bo‘ldi. Unda maktablarda darslar boshlanishi oldidan o‘quvchi va o‘qituvchilar jo‘r bo‘lib madhiya kuylashi, tanaffus vaqtida esa vatan haqidagi qo‘shiq va she’rlar eshittirilishi kerakligi aytilgan.


Dilshod Kenjayev xat haqiqiy ekanini Kun.uz’ga tasdiqladi.
2 noyabr sanasi bilan imzolangan xat tizimning 14ta hududdagi mas’ul rahbarlariga yo‘llangan. Bunday topshiriq berilishiga Prezident Administratsiyasining 23 oktyabrdagi yig‘ilishi bayoni asos bo‘lgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 23 oktyabrdagi (№ 02-3041, 7-sonli) yig‘ilishi bayonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Sizdan, tasarrufingizdagi barcha umumta’lim muassasalarida har kuni dars boshlanishidan oldin sinf xonalarida (ikki smenali ta’lim muassasalarida ham darsdan oldin) O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini o‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylanishini hamda tanaffus vaqtlarida Vatan haqidagi qo‘shiq va she’rlarning (ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan kelib chiqib, radio tarmog‘i yoki ovoz kuchaytirgich orqali) eshittirilishini tashkil etishingiz so‘raladi.
Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Umumta’lim maktablarida «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida o‘qiladigan she’rlar eshittirilishini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar» 1-ilovaga, «Umumta’lim maktablarida vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar» 2-ilovaga hamda «Umumta’lim maktablarida foydalanish uchun tavsiya etilgan videoroliklar ro‘yxati» 3-ilovaga muvofiq yuborilmoqda»

, – deyiladi xatda.
Dilshod Kenjayevning Kun.uz’ga bildirishicha, umumta’lim muassasalarida madhiyani kuylash, qo‘shiq va she’rlarni eshittirish o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, tanaffus vaqtida eshittiriladigan qo‘shiqlar – mashhur o‘zbek xonandalarning Vatan haqidagi kuy-qo‘shiqlaridir.

«Yangicha O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida o‘zbek adabiyotining namoyandalari – Cho‘lpon, Fitrat, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa yozuvchi, shoirlarning ijod namunalarini eshittirish tavsiya etilishi qayd etilgan. Ro‘yxatda 50 nafar ijodkorning she’rlari o‘rin olgan. Eshittiriladigan qo‘shiqlar ro‘yxatida esa 41 nafar xonandaning shuncha miqdordagi ijod namunasi keltirilgan»

, – dedi u.


В соцсетях появилось фото письма за подписью заместителя министра народного образования Дилшода Кенжаева. В нем сказано, что ученики и учителя должны петь гимны перед началом занятий, а на переменах звучат песни и стихи о Родине.

Дильшод Кенжаев подтвердил письмо Kun.uz.
Письмо, подписанное 2 ноября, было направлено руководителям системы в 14 регионах. Распоряжение основано на сообщении администрации президента от 23 октября.

«В целях обеспечения выполнения пункта 8 протокола заседания Администрации Президента Республики Узбекистан от 23 октября 2020 года (№ 02-3041, № 7) просим Вас в двухсменном учебном учреждений перед занятиями) в сопровождении исполнения учащимися и преподавателями Государственного Гимна Республики Узбекистан, а также песен и стихов о Родине на перемене (образовательные учреждения) Вам будет предложено настроить трансляцию по радиосети или усилитель звука).
В связи с этим Министерством народного просвещения «Рекомендации по организации чтения стихов в общеобразовательных школах в рамках акции «Новый Узбекистан – новое мировоззрение» в приложении 1, «Общие рекомендации по организации патриотических песен в школах» в соответствии с Приложением 2 и «Списком видеороликов, рекомендуемых для использования в общеобразовательных школах» в Приложении 3

, — говорится в письме.
Дильшод Кенжаев рассказал Kun.uz, ​​что пение гимнов, песен и стихов в общеобразовательных школах является важным фактором воспитания школьников в духе патриотизма.
По словам замминистра, в перерыве прозвучали песни известных узбекских исполнителей о Родине.

Рекомендуется к прослушиванию произведения представителей узбекской литературы – Чолпона, Фитрата, Ойбека, Хамида Олимжона, Миртемира, Зульфии, Эркина Вахидова, Абдуллы Арипова и других писателей и поэтов, отмеченных в акции «Новый Узбекистан – новое мировоззрение». В список вошли стихи 50 художников. В список песен входит столько же произведений 41 певицы».

, — он сказал.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    ;-)

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: