maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi

maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag‘ishlangan yig‘ilishida ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shu maqsadda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi.
Jumladan:

10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;

10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);

10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat).

Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan
5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shib berildi.
Endilikda, xalq ta’limi tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab:

matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);

kimyo fani haftasiga 12 soat (o‘tgan yilda 10 soat);

biologiya fani haftasiga 15 soat (o‘tgan yilda 13 soat);

informatika fani haftasiga 10 soat o‘qitiladi (o‘tgan yilda 9 soat).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 mayda “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2020 yil 12 avgustda “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.


Послание Президента Республики Узбекистан Олий Мажлису Республики Узбекистан от 24 января 2020 года и совещание 31 января 2020 года о развитии математики, химии, биологии и геологии как приоритетов науки, биологии и геология.

С этой целью Министерство народного образования выделило дополнительные классы по математике, химии и биологии с 2020-2021 учебного года.
В том числе:

10 класс Математика 1 час в неделю;

10-11 классы 1 час в неделю по химии (всего 2 часа);

10-11 классы 1 час в неделю по биологии (всего 2 часа).

Также в связи с внедрением в нашей стране информационных технологий на всех этапах образования в 2020 году, что полностью соответствует международным стандартам, в «Год науки, просвещения и цифровой экономики»
В 5-6 классах к предмету «Информатика и информационные технологии» было добавлено 0,5 часа (всего 1 час).
Теперь в системе народного образования с 2020-2021 учебного года:

математика 55 часов в неделю (54 часа в прошлом году);

химия 12 часов в неделю (10 часов в прошлом году);

биология 15 часов в неделю (13 часов в прошлом году);

информатика преподается 10 часов в неделю (9 часов в прошлом году).

Напомним, что 7 мая 2020 года Президент Республики Узбекистан подписал указ «О мерах по повышению качества образования и научных исследований в области математики» и 12 августа 2020 года «О мерах по повышению качества образования и исследования в области математики». О мерах по повышению качества науки и эффективности науки.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: