Maktablar reytingini aniqlashda hokimlar faoliyatiga ham baho beriladi

Maktablar reytingini aniqlashda hokimlar faoliyatiga ham baho beriladi

⚡️Maktablar reytingini aniqlashda tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga ham baho beriladi.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini baholash uchun reytingni aniqlash quyidagi baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda Finlyandiya, АQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya, Estoniya, Singapur, Gollandiya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasiga muvofiq 8 ta indikator bo‘yicha jami 100 ballik tizimda taʼlim sifatiga baho beriladi:

🔹 11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to‘plagan o‘rtacha ballari (bunda bitiruvchi OTMga kirgani yoki kirmagani ahamiyatsiz) – 10 ball;

🔹 OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i – 10 ball; (Davlat OTM bilan birga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy OTMning filiallari hamda xususiy OTM, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTM xam inobatga olingan)

🔹 O‘quvchilarining chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

🔹 11-sinf bitiruvchilarining bandligi – 10 ball;

🔹 O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi– 10 ball;

🔹 Pedagoglarning sifati (salohiyati) – 20 ball (amaldagi malaka toifa sertifikatlari asosida);

🔹 O‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

🔹 Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar hajmi – 10 ball;

🔹 Taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy va oʼquv tarbiyaviy muhit (Besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi – 10 ball (xalqaro va respublika tanlovlarining faqat 1-2-3 oʼrinlari inobatga olingan)

Reytingda yuqori natijaga erishgan hokimlar va ularning maslahatchilari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

Mavzuga doir:
Maktablar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Maktablar reytingi bo‘yicha barcha savollarga javoblar

Xalqaro tadqiqot reytingida ishtirok etadigan maktablar ro‘yhati


⚡️Работа акимов районов (городов) и их советников по вопросам образования и воспитания также оценивается при определении рейтинга школ.

Рейтинг проводится согласно Положению о порядке определения рейтинга общеобразовательных учреждений общего образования, утвержденному постановлением Кабинета Министров (№ 345 от 03.06.2021).

Для оценки деятельности мэров районов (городов) и их советников по вопросам образования и обучения определяется рейтинг по следующим критериям оценки.

В соответствии с передовым опытом таких стран, как Финляндия, США, Южная Корея, Россия, Япония, Эстония, Сингапур, Нидерланды, качество образования оценивается в сумме 100 баллов по 8 показателям:

🔹 Средний балл, набранный выпускниками 11 классов при поступлении в высшие учебные заведения (при этом не имеет значения, поступил выпускник в вузы или нет) — 10 баллов;

🔹 Вес зачисленных в ОТМ — 10 баллов; (Помимо государственных вузов учитываются также филиалы иностранных вузов, действующие в Узбекистане, частные вузы, а также вузы, входящие в число 1000 престижных вузов мира.)

🔹 Уровень владения студентами иностранным языком — 10 баллов;

🔹 Трудоустройство выпускников 11 классов — 10 баллов;

🔹 Процент совершенных преступлений среди студентов — 10 баллов;

🔹 Качество (компетентность) преподавателей — 20 баллов (на основании действующих сертификатов квалификационной категории);

🔹 Уровень владения иностранным языком преподавателей — 10 баллов;

🔹 Объем дополнительных расходов, произведенных за счет привлеченных средств районного (городского) местного бюджета на укрепление материально-технической базы школ и поддержку образовательной среды — 10 баллов;

🔹 Учитываются такие показатели, как духовно-воспитательная и воспитательная среда в образовательном учреждении (по результатам проделанной работы в рамках Пяти инициатив) — 10 баллов (берется только 1-2-3 места международных и республиканских олимпиад в учетную запись)

Мэры и их советники, добившиеся высоких результатов в рейтинге, а также директора общеобразовательных учреждений общего образования, их заместители и педагогический коллектив поощряются в установленном законодательством порядке.

Предмет:
Установлен порядок определения рейтинга школ

Ответы на все вопросы по рейтингу школ

Список школ, участвующих в международном исследовательском рейтинге

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: