Maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlar muhokama qilindi

Maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlar muhokama qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unda Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Manzura Salimova, mahalliy hokimiyat vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti eshitildi. Qolaversa, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati a’zosi M.Salimova so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga urg‘u berdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov sonini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda bolajonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi qator masalalarga e’tibor qaratib, o‘z takliflarini bildirdi.
Tadbirda Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.


Вчера состоялась пресс-конференция Министерства дошкольного образования Республики Узбекистан.

Об этом сообщает пресс-служба Сената Олий Мажлиса.
В нем приняли участие Манзура Салимова, член комитета Сената по науке, образованию и здравоохранению, представители местной власти и СМИ.
На мероприятии был заслушан отчет заместителя министра дошкольного образования У.Бегимкулова о проделанной работе за пять лет. Кроме того, была предоставлена ​​информация о дальнейших планах министерства.
Кроме того, выступила член Сената Олий Мажлиса М.Салимова, подчеркнув прилагаемые в стране усилия в сфере образования, в том числе дошкольного образования. Он также внес предложения по ряду вопросов, таких как увеличение количества детей в дошкольном образовании, дальнейшее повышение качества образования, подготовка квалифицированных кадров и создание необходимых условий для детей.
На мероприятии также были заслушаны доклады руководителей управлений дошкольного образования Джизакской, Наманганской, Кашкадарьинской, Самаркандской и Ташкентской областей.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: