Maktab oshxonalarida “fastfud” tayyorlash va sotish taqiqlangan

Maktab oshxonalarida “fastfud” tayyorlash va sotish taqiqlangan

Xot-dog, lavash, gamburger, “xrustyashki”, chips, energetik va gazli ichimliklar… Bugungi kun bolalari va hatto yoshlari sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarning kichik bir ro‘yxati bu.

Biroq ushbu yegulik va ichimliklar salomatlik uchun ziyon. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, bu turdagi mahsulotlar yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jumladan, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

🍔 Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar).

🍭 Sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolatchilik mahsulotlari.

🍿 Sun’iy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar.

🥤Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.

🍗 Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-poychalar.

🥚Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar.

🫙Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.

🍡Turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar.

🎂 Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar).

🫘 Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar.

🫕 Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq; qo‘lbola qatiq; epizootik nohush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari; qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar.

🫔 Qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.

🫗Kvas.

🍤 Xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, kaynatilgan kolbasa.

🧂Sirka, xantal, xren, o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar.

🍾 O‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar.

🧋Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogol.

🧉 Pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar.

❌ Danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz).

⛔️ Okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar.

🥡 Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo‘lishi taqiqlanadi.

©Sog‘liqni saqlash vazirligi

Mavzuga doir:
Maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlar sotilishi mumkin emas?

Maktab oshxonasi xodimlari qanday tibbiy-gigiyenik talablarga amal qilishi lozim?

Maktablar oshxonasida qanday taomlarni sotish ta’qiqlangan?


Хот-дог, лаваш, гамбургер, «хрустяшки», чипсы, энергетики и газированные напитки… Вот небольшой перечень продуктов, которые любят есть современные дети и даже молодежь.

Однако эти продукты и напитки вредны для здоровья. Поэтому Всемирная организация здравоохранения рекомендует убрать их из ежедневного меню. Кроме того, данные виды продуктов входят в перечень продуктов и блюд, не разрешенных в общеобразовательных учреждениях нашей страны.

❗️В частности, согласно «Санитарным правилам, нормам и гигиеническим правилам организации питания обучающихся в общеобразовательных средних, средних специальных, профессиональных учебных заведениях» в школьных столовых не могут быть приготовлены и реализованы:

🍔Хлебные изделия с мясом, майонезом, кетчупом и овощами (гамбургеры, чизбургеры и хот-доги).

🍭Кондитерские изделия с искусственными ароматизаторами, ароматизаторами, красителями, ароматизаторами.

🍿 «кириешки», «хрустяшки» и чипсы с искусственными консервантами.

🥤Цветные и бесцветные газированные напитки.

🍗 Мясо, рыба, птица, не прошедшие ветеринарный контроль; все головоногие, кроме печени, языка и сердца.

🥚 Яйца с нечистым наружным слоем, разбитые яйца, не соответствующие необходимым требованиям.

🫙 Консервы с поломанными, гнутыми, ржавыми, деформированными, без маркировки, сроком изготовления и сроком годности.

🍡Крупы, мука, сухофрукты и другие продукты, зараженные различными смесями или вредителями на складе.

🎂 Кондитерские изделия с кремом (торты и пирожные).

🫘 Голоды, ножки птицы и копытных, а также головные рулетики, легочно-печеночные и кровяные колбасы.

🫕 Непастеризованный (вареный) творог, не подогретый, консервированный творог и сливки; домашний йогурт; молоко и молочные продукты, полученные из безэпизоотических хозяйств, а также молоко непереработанное и непастеризованное; кимиз и другие кисломолочные продукты, содержащие этанол (более 0,5 процента).

🫔 Грибы и продукты из них.

🫗 Квас.

🍤 Сырокопченые мясные гастрономические изделия и колбасы, в том числе вареные.

🧂Уксус, горчица, хрен, острый перец (красный, черный) и другие острые специи.

🍾 Острые соусы, кетчупы, майонез, варенье, маринованные овощи и фрукты.

🧋Натуральный кофе, освежающие и тонизирующие напитки, алкоголь.

🧉 Кулинарные масла, свиное сало, маргарин и другие гидрогенизированные масла.

❌ Орехи зерновых, жевательная резинка, безалкогольные напитки и соки из фруктов и ягод (без термической обработки).

⛔️ Окрошка и холодные супы, яйца жареные в масле, паштеты, вареники с мясом и творогом.🥡 В школьных столовых запрещены первые и вторые блюда на основе сухих пищевых концентратов быстрого приготовления.

© Министерство здравоохранения

Предмет:
Какие продукты нельзя продавать в школьных столовых?

Какие медико-гигиенические требования должны соблюдать работники школьной кухни?

Какие продукты нельзя продавать в школьных столовых?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: