Ma’lumki, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Kelasi yildan boshlab bu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilib, buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratilyapti.
Ammo, biz kutgan natija bo‘lmayapti. Shu yo‘nalishning o‘zi ham izdan chiqishga ulgurdi. Avvalroq ham shu haqda ko‘plab postlar yozildi. Lekin, hech kim e’tibor ham bermadi.
Yaxshiyamki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bu holatni yashirmay, boricha oshkor qilibdi. Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Kegeyli tumanida maktab o‘quvchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash holati o‘rganilgan.
Natijada bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan normadan kam miqdorda berilyotgani, issiq choy va ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, eng achinarlisi, ayrim mahsulotlarning sifati mutlaqo talabga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan.
Xullas, bolalarga bepul ovqat berishni ham uddalay olmadik. Yaxshisi bunday sifatsiz mahsulotlar uchun ajratilayotgan pullarni maktablar sharoitini yaxshilash uchun ishlataylik.
Mavzuga doir:
Maktab oshxonalarida bolalarga bepul ovqat berishni tashkillashtirish taklif qilinmoqda
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi