Maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar tantanali topshiriladi

Maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar tantanali topshiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda, 9- va 11-sinf oʻquvchilarining shahodatnomalarini olish yuzasidan murojaat kelib tushmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi ushbu murojaatlarga javoban quyidagilarni maʼlum qiladi.
Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda 11 yillik majburiy taʼlim joriy etilgani sababli, aksariyat 9-sinf oʻquvchilari taʼlimni oʻz maktabida davom ettiradi, ularning shahodatnomalarining originali ham maktabda saqlanadi. Agar 9-sinfdan keyin oʻquvchi boshqa maktabga yoki akademik litseyga oʻqishga qabul qilinsa, ushbu oʻqishga kirgan taʼlim muassasasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma (talon) asosida shahodatnomaning original nusxasi berib yuboriladi. Bu masalada ota-onalar maktab direktoriga murojaat etishlari mumkin.
11 yillik majburiy taʼlimni tamomlaganidan soʻng esa ularga shahodatnomalar tantanali ravishda topshiriladi.
Shuningdek, joriy oʻquv yili 11-sinf bitiruvchilari maktabdan shahodatnomasining asl nusxasini olmasdan ham OTMga hujjat topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish mumkin. Xalq taʼlimi vazirligining attestat.uzedu.uz elektron platformasi Bilim va malakalarni baholash agentligining my.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan. Yaʼni, bitiruvchilar my.dtm.uz saytidan roʻyxatdan oʻtish jarayonida shahodatnoma maʼlumotlarini kiritishi shart emas, saytda bitiruvchining tamomlagan maktabi va shahodatnoma raqami avtomatik tarzda paydo boʻladi.


В соцсетях есть запросы на аттестаты учащихся 9 и 11 классов.

В ответ на эти обращения Министерство народного образования сообщает следующее.
Как известно, в связи с введением в Узбекистане 11-летнего обязательного образования, большинство учащихся 9-х классов продолжают обучение в своей школе, в школе также хранятся оригиналы их аттестатов. Если после 9 класса учащийся поступает в другую школу или академический лицей, оригинал аттестата направляется на основании справки, выданной образовательным учреждением, в которое он поступил. По этому вопросу родители могут обратиться к директору школы.
После завершения 11 лет обязательного образования им торжественно вручают сертификаты.
Также выпускники 11 классов текущего учебного года могут зарегистрироваться для подачи заявления на ОТМ без получения оригинала аттестата из школы. Электронная площадка attestat.uzedu.uz Министерства народного образования интегрирована с сайтом Государственного центра тестирования my.dtm.uz. То есть выпускникам не нужно вводить данные аттестата в процессе регистрации на сайте my.dtm.uz, школа выпускника и номер аттестата автоматически появятся на сайте.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: