1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi vaziyatga qarab topshiriladi

1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi vaziyatga qarab topshiriladi

Ma’lumki, respublikamizda pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yili gibrid tarzda tashkil etilishi hamda maktablarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich ochilishi belgilandi.

2020-2021 o‘quv yilining birinchi kuni 14-sentyabr etib belgilangan bo‘lsada, maktablar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishiga qarab, sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi xulosalariga ko‘ra Mahalliy Kengashlarning qarori asosida ochiladi.
Maktabda o‘quvchilar va ota-onalarning to‘planib qolishlarning oldini olish maqsadida maktab ma’muriyati “Prezident sovg‘alari”ni tarqatishni bosqichma-bosqich tashkil etishi mumkin. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa “Prezident sovg‘alari” aynan 14-sentyabr kuni emas, vaziyatga qarab, ba’zi maktablar kechroq ochilsa kechroq topshirilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ushbu jarayonda maktab ma’muriyatlari va ota-onalardan o‘zaro hamkorlikda kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish so‘raladi.
Hurmatli ota-onalar!
“Prezident sovg‘asi” hozirlanayotganda har bir 1-sinf o‘quvchisi hisobga olingan, shu sababli hech bir bola “Prezident sovg‘asi”siz qolmaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q, sizdan faqat karantin talablariga rioya qilgan holda sovg‘ani qabul qilib olish so‘raladi.


Известно, что с учетом пандемических условий в стране новый учебный год будет организован по гибридному принципу, а школы будут открываться поэтапно, в зависимости от уровня готовности.

Хотя первый день 2020-2021 учебного года назначен на 14 сентября, школы будут открываться по решению Местных Советов на основании заключений Центра санитарной эпидемиологии и мира в зависимости от их соответствия санитарно-гигиеническим требованиям. .
В целях предотвращения скопления учащихся и родителей в школе, администрация школы может постепенно организовать раздачу «Президентских подарков». Если быть точнее, «Президентские подарки» могут не вручить 14 сентября, но в зависимости от ситуации некоторые школы могут быть открыты позже. Об этом сообщается на официальном сайте Министерства народного образования.
При этом администрацию школ и родителей попросят объединить усилия, чтобы предотвратить распространение болезни.
Дорогие родители!
При подготовке Президентского подарка учитывается каждый первоклассник, поэтому ни один ребенок не останется без Президентского подарка. Не беспокойтесь, вам будет предложено принять подарок только в соответствии с требованиями карантина.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: