Jahl nima, jahldan qutulish uchun tavsiyalar

Jahl nima, jahldan qutulish uchun tavsiyalar
Telegramda o'qish

Jahl holatiga ta’rif, undan oson qutilish darsi.

Jahl nima? Qachon jahlingiz chiqqan? Tez-tez jahlingiz chiqib turadimi? Jahlingiz chiqqanida o’zingizni bosa olasizmi? Jahldor insonni kimga o’xshatasiz?

Jahl insonning muayyan voqea hodisa yoxud holat bilan kelisha olmasligi, ojizlik, uddalay olmaslik, eplay olmaslik, aytganiga erisha olmaslik oqibatidir. Jahl lahzali jarayon, bir zumda jahlingiz chiqadi, muammo bartaraf etilishi bilan yana o’z holingizga kelasiz. Lekin o’sha o’z holatingizni topguningizga qadar siz xuddi och arslon, vahshiy ilon, dahshatli sher, xurpaygan xo’roz, o’ljasiga tashlangan burgut kabisiz. Jahl aqlni butkul bo’ysundirgani uchun siz qilayotgan xatti harakatlar, masalan, stolni mushtlab urish, devorga boshni urish, idishlarni sindirish, bolalarni urish, erning xotinni do’pposlashi, qo’shnilarning bir biriga haqoratli so’zlarni yog’dirishi, quda andalar o’rtasida pardaning ko’tarilib, bir birlaridan ayb qidirib, urushishlari, aka uka va opa singillarning arzimas matoh yoki gap-so’z uchun jahl qilib bir-birlariga ozor berishlarini o’sha vaqtda to’g’ri baholash mushkul. Nega? Negaki, hamma o’zicha haq, jahl qilgan ham, jahl qilinishiga sabab bo’lgan inson ham.
Jahl chiqishi uchun bahona ko’p.

Lekin jahlni bosish insondan juda katta matonatni talab etadi. Dasturxonning bir tarafi qiyshiq turibdimi, jal qilmang, yaxshisi, o’zingiz to’g’rilab qo’ying. Qo’shningiz maqtanib, hammaga o’zini ko’z ko’z qilyaptimi, parvo qilmang, u o’zini harqancha maqtasa ham, obro’siga obro’ qo’shilib qolmayaptiku, nega jahl qilishingiz kerak?

Jahli chiqqanda ko’zguga qarang: siz o’zingizga o’xshamay qolgansiz. O’sha damda siz o’zingizni yo’qotib qo’ygandek, siz o’zingizda emas, o’rningizga boshqa bir odam siz bo’lib qolgandek. Siz o’zingizni o’zingiz tanimay qolishingiz aniq.
Jahldor insonning psxixologik portreti (ruhiy qiyofasi):
Qovog’i solingan, boshi biroz tanadan oldin yuradi, tishlari jips, og’zi doimo yumuq, qo’llari musht holatida, o’tirganida ikki oyog’ini likkillatishni yaxshi ko’radi, mashina haydaganida boshqalarni so’kib haydaydi, o’nqir-cho’nqirlarga tushib, kerak bo’lsa yo’lchilar bilan xam urishib oladi, atrofdagilariga tez va qattiq ovoz bilan gapiradi. Xuddi xozir urib yuboradigan xolatga kelib gapiradi. Ularning ruhiyatida vayronkorlik, buzg’unchilikdan rohatlanish kayfiyati bo’lgani uchun, ular jahli chiqqanida bir qop semiradi, go’yo.
Ulug’ Vatan Urushi payti odamlar orasida tushkunlik – depressiya, nevroz holati eng kam bo’lgan. Sababi o’lim xavfi turgan payti boshqa muammolarga munosabat oddiyroq qarash tarzida bo’lgan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, o’sha paytlarda tug’ilgan chaqaloqlar orasida nogironlik ham ko’p bo’lmagan, o’sha paytda tug’ulganlar past bo’yli va noshud bo’lib o’sishmagan. Depressiya va nevroz xolati ichki nizoning ko’rinishi tarzida jaxl bo’lib insondan taraladi, go’yo.

Bir bolakayning qo’lidagi o’yinchog’ini olib qo’ydingiz, deylik. Bolakay nima qiladi. Albatta, yig’laydi, dod soladi, onasiga aytib beradi, noliydi va shikoyat qiladi. Agar bu bola kuchli bo’lganida u o’z o’yinchog’ini oldirib qo’ymasligiga ishonib, o’zini vazmin tutgan bo’lar edi. Demak, jahlning tagida kuchsizlik, ojizlik, yenga olmaslik kabi ruxiy xolat yotadi. Inson biror muammoli vaziyatni yenga olmasa, jahlni o’ziga qurol qilib o’zini ximoya qiladi, biror narsaga erishmoqchi bo’lsa ham, jahl bilan amalga oshiradi. Hattoki, nizoli vaziyatlarda ham, nohaq bo’la turib, jahl bilan o’zining “haq”ligini isbotlashga intiladi. Boshqalarga o’z noroziligini bildirish uchun so’kinadi, avtomobilning eshigini qattiq va jahl bilan yopadi, keskin gapiradi, Bu esa o’sha insonning ojizligini ko’rsatadi.

Jahl chiqmasligi uchun vaziyatni to’g’ri baholash, to’g’ri qaror qabul qilish, imkoniyatsizlikdan imkon topish, baqirib chaqirib emas, yumshoqlik bilan holatdan chiqish – bularning barchasi Siz tanlagan eng to’g’ri yo’ldir.

Zebiniso Ahmedova


Описание гнева — это простой способ избавиться от него.

Что такое гнев? Когда вы разозлились? Вы часто злитесь? Можете ли вы контролировать свой гнев? Как вы думаете, кто такой злой человек?

Гнев – это результат неспособности человека смириться с тем или иным событием или ситуацией, слабости, неумения справиться, неумения сделать, неумения добиться того, что он говорит. Гнев — это мгновенный процесс, вы мгновенно злитесь, и как только проблема решена, вы возвращаетесь к нормальной жизни. Но пока вы не окажетесь в такой ситуации, вы подобны голодному льву, дикой змее, страшному льву, петуху, орлу, брошенному на свою добычу. Поскольку гнев полностью подчиняет себе разум, действия, которые вы совершаете, такие как удары по столу, удары головой о стену, битье посуды, удары детей, избиение мужем жены, оскорбления соседей друг в друга и т. д. трудно правильно оценить в то время, что занавес поднимается посередине, и они обвиняют друг друга и дерутся, и что братья и сестры злятся и ранят друг друга из-за тривиальных тряпок или слухов. Почему? Потому что правы все, и тот, кто злится, и тот, кто злится.
Есть много оправданий для гнева.

Но подавление гнева требует от человека большого упорства. Если одна сторона стола кривая, не беспокойтесь, лучше выпрямить ее самостоятельно. Не волнуйтесь, если ваш сосед хвастается и хвастается перед всеми, даже если он хвастается собой, его репутация не прибавляется к его репутации, почему вы должны злиться?

Когда злишься, посмотри в зеркало: ты не похож на себя. Как будто вы потеряли себя в этот момент, как будто вас заменил кто-то другой, кроме вас самих. Ты явно себя не знаешь.
Психологический портрет разгневанного человека (мысленный образ):
Веки опущены, голова немного впереди туловища, зубы сжаты, рот всегда закрыт, руки сжаты в кулак, любит шевелить ногами сидя, оскорбляет других, когда ведет машину , -заваливается в колдобины и при необходимости дерется с пассажирами, быстро и громко разговаривает с окружающими. Он говорит в состоянии шока прямо сейчас. Из-за своего деструктивного, деструктивного духа они, кажется, набирают вес, когда злятся.
В годы Великой Отечественной войны реже всего встречались депрессии и неврозы. Причина в том, что когда была угроза смерти, отношение к другим проблемам было проще. По статистике, в то время рождалось не так много детей-инвалидов, а родившиеся в то время не росли низкорослыми и низкорослыми. Депрессия и невроз как форма внутреннего конфликта, по-видимому, передаются от человека к человеку.

Предположим, вы берете игрушку у мальчика. Что делает мальчик. Конечно, она плачет, кричит, рассказывает маме, жалуется и жалуется. Будь мальчик сильным, он бы сохранил самообладание, полагая, что не порвет свою игрушку. Итак, в основе гнева лежит такое душевное состояние, как слабость, беспомощность, неспособность преодолеть. Когда человек не в состоянии преодолеть проблемную ситуацию, он защищается оружием гнева, и даже если хочет чего-то добиться, то делает это гневом. Даже в конфликтных ситуациях он гневно пытается доказать свою «правду». Он ругается, чтобы показать свое недовольство окружающим, тяжело и сердито закрывает дверь машины, говорит резко, что показывает слабость этого человека.

Правильно оценить ситуацию, чтобы избежать гнева, принять правильное решение, воспользоваться возможностью из ниоткуда и выйти из ситуации мягко, а не кричать — все это лучшие способы, которые вы можете выбрать.

Зебинисо Ахмедова

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea: :grin: :lol: :?:

  2. Дурдона

    Тугри менда шунака будяпти чудаям асабий ман :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: