Imtihonlar uchun yangi platforma ishga tushiriladi

Imtihonlar uchun yangi platforma ishga tushiriladi

Imtihonlarni internetda jonli efirga uzatadigan, barcha uchun ochiq boʻlgan platforma ishga tushiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga koʻra, quyidagi imtihonlarni oʻtkazish jarayonini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar;
oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga qabul imtihonlari;
respublikadagi yoki xorijdagi oliy taʼlim muassasasidan respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan talabalardan olinadigan imtihonlar;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlari.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda 2021/2022 oʻquv yili qabuliga qadar “transfer.edu.uz” platformasi negizida mazkur bandda koʻrsatilgan imtihon jarayonlarini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatishni taʼminlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan “imtihon.uz” veb-platformasini ishga tushiradi;
bir oy muddatda imtihonlarni (test sinovlarini) oʻtkazish jarayonini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatish boʻyicha texnik talablarni (oʻrnatiladigan videokameralar va tasvir sifati, joylashish sxemasi va boshqalar) ishlab chiqadi;
mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan talablarga rioya qilmaydigan masʼullarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hukumatga kiritib boradi.


Будет запущена платформа, которая будет транслировать экзамены в прямом эфире в Интернете.
Президент Республики Узбекистан подписал указ «О дополнительных мерах по обеспечению прозрачности деятельности государственных органов и организаций, а также эффективного осуществления общественного контроля».
Согласно указу, в прямом эфире в Интернете будут транслироваться следующие экзамены:
тесты и творческие (профессиональные) экзамены для поступления на программы бакалавриата в высшие учебные заведения;
вступительные экзамены в магистратуру (клиническую ординатуру) в высшие учебные заведения;
экзамены для обучающихся, желающих перевестись из высшего учебного заведения республики или зарубежья в государственное высшее учебное заведение республики;
Прикладные тесты для признания иностранного образования.
Министерству высшего и среднего специального образования совместно с Государственным центром тестирования, Государственной инспекцией по контролю качества образования при Кабинете Министров и Министерством развития информационных технологий и связи:
Сайт Imtihon.uz, ​​открытый для всех пользователей, будет транслироваться в прямом эфире в сети Интернет на базе платформы «transfer.edu.uz» до начала 2021/2022 учебного года с привлечением министерств и ведомств с высшие учебные заведения — запускает платформу;
разрабатывает технические требования для прямой трансляции процесса экзамена (тестирования) в сети Интернет (установленные видеокамеры и качество изображения, макет и т.д.) в течение месяца;
вносить в Администрацию Президента Республики Узбекистан и Правительство предложения о принятии жестких мер в отношении лиц, не соблюдающих требования, указанные в настоящем пункте.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: