Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirildi… mi?

Bu yil ijodiy imtihonlar qoldirildi... mi?
Telegramda o'qish

Ijodiy imtihonlar qoldirilishi mumkin, lekin hali so’nggi xulosa berilganicha yo’q.

Bu haqida Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti prorektori Alisher Matyoqubov O’zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

— Hozircha o’zgarish yo’q, lekin bugungi jarayonni inobatga olgan holda bu masala ham ko’rib chiqildi va shunday xulosa ham qilindi. Biroq hali rasman e’lon qilingani yo’q. Bundan qo’rqmaslik kerak. O’tgan yili bizda uchta blokdan imtihon topshirilgan edi. YA’ni, ona-tili adabiyot, ikkinchi blok ijodiy va chet-tili edi. Agar ijodiy imtihon bo’lmasa ona-tili va chet-tilidan imtihon topshiriladi. Hozir pandemiya sharoitida ijodiy imtihonning tashkiliy jihati muammo tug’dirayapti. Menimcha, bu yil ijodiy imtihonlar qoldiriladi, – dedi Alisher Matyoqubov.

— Ayrim yo’nalishlarda, jumladan, jurnalistikada tanlov imkoniyati bitta yoki ikkita bo’lib qolayapti. Ijodiy imtihonlar bo’lmasa, test bo’lsa tanlov imkoniyati ortishi mumkinmi?

— Bizda o’nta yo’nalish bo’lsa, universitet ichida o’tgan yili tanlash imkoniyati bor edi. Bu yili DTM har bir yo’nalishni alohida blok deb qabul qildi. SHu sababli boshqa universitetlardan tanlash imkoni bor faqat universitet ichida yo’q. Bu ham muammo tug’dirdi abiturientlarimiz uchun. Bu yil bir necha universitetlarda Jurnalistika yo’nalishlari ochildi. Masalan, O’zDJTU, O’ZMU, SHarqshunoslik instituti Samarqand Davlat chet tillari instituti va Vebster universitetlari kabilarni tanlashi mumkin bo’ldi.

Media marketing va reklama yo’nalishida faqat test bo’lardi. Bu yo’nalish moliya iqtisod yo’nalishida o’qish imkonini ham beradi. Bu yo’nalishda bu yil ko’p abiturientlar ro’yxatdan o’tgan.

Undan tashqari media dizayn yo’nalishi bor edi. Abiturientlar matematika va ijodiy imtihon topshirishardi. Ijodiyda esse emas, ular gazeta yoki saytni birinchi sahifasini yaratish topshirig’i berilardi. Bu ham bo’lmaydi. Testga o’zgartiriladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: