❗️Informatika fani o‘qituvchilari uchun «Google for education» sertifikati uchun ustamalar to‘lash to‘xtatib qo‘yilgan.
Ayrim hududlarda mazkur ustamalarni to‘lash to‘xtatilgan. Bunga sabab esa «Google for education» sertifikati haqqoniyligi bo‘yicha shubhalar paydo bo‘lgan.
To‘g‘ri, juda ko‘p joylarda sertifikatlar pulga sotib olinayotgani haqida ma’lumotlar bor. Lekin, buning uchun ommaviy ravishda ustamalar to‘lashni to‘xtatib qo‘yish yaramaydida. O‘z bilimi bilan sertifikat olgan o‘qituvchilar taqdiri nima bo‘ladi endi?
Aytildimi, hujjat bilan ustama to‘lash joriy qilindimi demak endi ortga qaytmaslik kerak. Yoki bu kabi ustamalarni joriy qilishdan avval har tomonlama chuqur tahlil qilish kerak edi. Boshida barcha hududlarda shu sertifikatni qanday qilib bo‘lsada olish bo‘yicha rosa topshiriqlar berildi. Endi esa mana bu holat.
Hozirgi vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l ustamalarni to‘xtatmaslik va shu bilan paralel ravishda sertifikatlarning haqiqiyligini o‘rganish, aybdorlarga esa ta’sirchan choralar ko‘rish. Ammo, bu qolgan o‘qituvchilar manfaatiga zarar yetkazmasligi kerak.
Hozircha bu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berganini ko‘rmadik. Masala jiddiy, ko‘pchilik norozi. Aybdorlarni qidirish uchun ketadigan vaqt oralig‘ida boshqa o‘qituvchilarning huquqlarini buzilyotgani hususida vazirlik izoh berishi kerak.
Mavzuga doir:
Ayrim o‘qituvchilar sertifikatlari soxta bo‘lsa barcha pedagoglar ustamalari to‘xtatiladimi?
Sertifikat soxta bo‘lsa qonunchilikda qanday javobgarlik bor?