Ayrim o‘qituvchilar sertifikatlari soxta bo‘lsa barcha pedagoglar ustamalari to‘xtatiladimi?

Ayrim o‘qituvchilar sertifikatlari soxta bo‘lsa barcha pedagoglar ustamalari to‘xtatiladimi?

Ayrim o‘qituvchilar tomonidan olingan sertifikat haqqoniyligiga shubxa tug‘ilsa, barcha pedagoglarga ustama to‘lash to‘xtatilishi to‘g‘rimi?

Ayni vaqtda informatika fani o‘qituvchilari uchun «Google for education» sertifikati uchun ustamalar to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi juda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Ushbu ustamalar prezidenting 2022 yil 19 maydagi PF-134-sonli farmoni bilan joriy qiligan. Demak, ustamani to‘xtatish faqatgina prezidentning yana bir farmoni bilangina to‘xtatiladi, kimningdir og‘zaki buyrug‘i bilan emas.

Informatika fani o‘qituvchilari tomonidan olingan «Google for education» sertifikati haqqoniyligiga shubha tug‘ilgan taqdirda ham uni faqat sud qarori bilangina to‘xtatish mumkin. Bunda ham hamma o‘qituvchilarning ustamasini emas, faqat aybdorlarniki to‘xtatilishi kerak.

Ya’ni, sertifikatlarni soxtalashtirish, ularni sotish yoki shunday sertifikatlardan foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan. Bu haqda mana bu postda aniq tushuntirish berdik.

Tassavur qiling, siz ana shu sertifikatni o‘z bilimingiz bilan olgansiz, boshqa bir hamkasbingiz turli xil qing‘ir yo‘llar bilan olgan. Shu vaziyatda esa o‘sha hamkasbingiz aybi uchun sizni ham jazolab, olayotgan ustamangizni to‘xtatib qo‘yishdi. Agar shunday qilinsa, bu ochiqdan-ochiq qonunbuzarlik hisoblanadi.

Ya’ni, ayrimlarning xatti-harakati uchun boshqa shaxslar zarar ko‘rmasligi kerak. Shu sababli informatika fani o‘qituvchilariga ommaviy ravishda ustamalar to‘lashni to‘xtatib qo‘yishga hatto vazirlikning ham vakolati yo‘q.

Aytmoqchimizki, kimdir qonunbuzarlik qilsa, jazoni barchaga qo‘llamaslik kerak. Buni amaldagi qonunchilikni buzmay, boshqa pedagoglarni manfaatlariga zarar yetkazmay amalga oshirish adolatdan bo‘ladi.

Demak, hozirda amalda bo‘lgan sertifikat uchun to‘lab beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda informatika fani o‘qituvchilari kerakli organlarga shikoyat qilib o‘z haq-huquqlarini talab qilishi kerak.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Sertifikat soxta bo‘lsa qonunchilikda qanday javobgarlik bor?

Sertifikat haqida hazil maqollar (o‘qituvchilar uchun)

Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: