Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash nima?

Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash nima
Telegramda o'qish

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi Qonunning 33-moddasiga ko’ra Profilaktik emlashlar profilaktik emlashlarning milliy kalendariga (taqvim) muvofiq, shuningdek epidemik ko’rsatkichlar bo’yicha o’tkaziladi.

Har bir davlatda yuqumli kasalliklarga qarshi emlashni tashkil etish tegishli taqvimga (jadval) asosan amalga oshiriladi. Mazkur jadvallarda yuqumli kasalliklarga qarshi kimlar, qachon va qaysi paytda emlanishi lozimligi yuzasidan ko’rsatmalar aks ettiriladi.
Xuddi shunday, O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan yuqumli kasalliklarga qarishi emlashni tashkil etish yuzasidan profilaktik emlashlarning milliy kalendari (taqvimi) va Epidemiologik ko’rsatma bo’yicha profilaktik emlash kalendari tasdiqlangan.
Bugungi kunda profilaktik emlashlarning milliy kalendariga (taqvimiga) ko’ra profilaktik emlash bilan chaqaloqlar 1-kunligida VGV-1, 2–5 kunligida BSJ-1, 2–4 oyligida, 12 oyligida, 16 oyligida, shuningdek 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan davrda turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun emlashlardan o’tkaziladi.
Shuningdek, Epidemiologik ko’rsatma bo’yicha profilaktik emlash kalendariga ko’ra 13 ta kasallik turlari bo’yicha kelib chiqishi mumkin bo’lgan epidemiologik xavfning oldini olish maqsadida, emlanishi lozim bo’lgan kontingentlar ro’yxati tasdiqlangan.
Xususan, ushbu ro’yxatda gripp, shol, qizamiq va qizilcha, bo’g’ma va boshqa epidemiologik kasalliklarga qarshi emlanishi lozim bo’lgan kontingentlar ro’yxati belgilangan.
O’qishni tavsiya qilamiz: Koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha mish-mish va haqiqatlar
Xuddi shunday, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi profilaktik emlash ham Epidemiologik ko’rsatma bo’yicha profilaktik emlash kalendariga kiritildi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: