DTM: Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro’yhati qayta ko’rib chiqilmoqda

DTM: Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro’yhati qayta ko’rib chiqilmoqda

DTM Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi bo‘yicha bayonot berdi.

Joriy yil 5-oktabr kuni Davlat test markazi binosi oldida to‘plangan abituriyentlar bo‘yicha telekanallarda ko‘rsatuvlar efirga uzatildi va internet nashrlarida bir qator maqolalar e’lon qilindi.

Jamoatchilikka taqdim qilingan ushbu materiallarda asosan harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarning mazkur imtiyozi tanlov jarayoniga qo‘llanilmaganlik masalasi ko‘tarilgan.

Ma’lumki, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun alohida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko‘rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar tasdiqlangan.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar ham belgilangan.

Mazkur tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga tegishli tavsiyanoma ma’lumotlarini dasturga kiritadilar va ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, ularning ma’lumotlari mas’ul vakolatli organga yuboriladi hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshirilib, tasdiqlanadi.

Bunda, abituriyentning pasport ma’lumotlari (shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi) va tavsiyanoma bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar yuboriladi. Mas’ul vakolatli organlar tomonidan ma’lumotlar to‘g‘riligi faqat tavsiyanoma raqami bilan emas, abituriyentning pasport ma’lumotlari asosida tekshiriladi.

Imtiyozga ega abituriyentlar ma’lumotlari oldingi yillarda xuddi shunday tartibda tekshirilgan.

Joriy yilda ham harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar ro‘yxati shu tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralarga yuborilgan. Taqdim etilgan ro‘yxat ular tomonidan tekshirilib, tasdiqlangan holda Davlat test markaziga qaytarilgan. Abituriyentlarga harbiy imtiyozni qo‘llash yoki qo‘llamaslik ana shu tasdiqlangan ro‘yxat asosida amalga oshirilgan.

5-oktabr kuni murojaat qilgan abituriyentlar guruhiga masala mohiyati bo‘yicha Davlat test markazi mutaxassislari va Mudofaa vazirligining mutasaddi vakillari tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.


ДТМ выступил с заявлением по рекомендации командования воинской части.В данных материалах поднимается вопрос о неприменении данной льготы к процессу отбора претендентов, в основном по рекомендации командования воинской части.В соответствии с Приложением 2 к Постановлению Кабинета Министров № 468 от 7 июня 2019 года категории абитуриентов, имеющих право на зачисление в высшие учебные заведения и формирование их реестра Компетентные органы, ответственные за Также определены компетентные органы, ответственные за предоставление льгот гражданам, прошедшим военную службу и имеющие рекомендацию от командования воинской части.По завершении регистрации их сведения направляются в ответственный орган и достоверность информация проверяется и подтверждается.При этом паспортные данные заявителя (личный код, серия и номер паспорта, фамилия, имя, отчество, дата рождения) и другие сведения, связанные с рекомендацией. Достоверность сведений проверяется ответственными органами не только на основании номера рекомендации, но и на основании паспортных данных заявителя.Список поступающих направлен в министерства и ведомства, выдавшие эти рекомендации. Представленный список был ими проверен и возвращен в Государственный испытательный центр для утверждения. Применение или неприменение военных льгот к поступающим основывалось на этом утвержденном списке.Список поступающих с рекомендацией от командования воинской части находится на рассмотрении соответствующих министерств и ведомств.Дополнительная информация по ситуации будет предоставлена.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: