Dars taqsimoti masalasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak

Dars taqsimoti masalasi qayta ko‘rib chiqilishi kerak

Dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Maktablarda adolatli dars taqsimoti masalasi kun tartibiga ko‘tarilgach, 2020 yilda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqilib, 3271-son bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Albatta, ushbu nizom juda ko‘p muammoli masalalarga yechim beroldi. Lekin hozirgi kunga kelib, nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud. Chunki unda ayrim mavhum masalalar ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi.

Birinchi tushunarsiz holat diplomi tan olinmagan pedagoglarga dars berish masalasidir. Ma’lumki, nizomning 15-bandida pedagog xodimlarga darslarni ustuvor ketma-ketlikda taqsimlash masalasi haqida gap ketgan.

15-bandning 17-xatboshida esa pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilarga ham dars berish mumkinligi aytiladi.

Ammo diplomi tan olinmagan fuqarolarga ish berish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori talablariga zid hisoblanadi. Mantiqan olib qaraganda ham qanday qilib diplomi tan olinmagan fuqaroga dars berish mumkin? Bu g‘alati emasmi?

Ikkinchi tushunarsiz holat, pedagog xodimlar maksimal miqdorda dars olish uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatgichlarning amal qilish muddati belgilab berilmaganidir.

Masalan, bir o‘qituvchi qachonlardir yil o‘qituvchisi tanlovida o‘rin olgan yoki ancha yillar avval uning o‘quvchisi olimpiadada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, yoki bo‘lmasa respublika bosqichidagi qandaydir ko‘rik tanlovlarda ancha yillar avval g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, u o‘qituvchiga umrbod maksimal dars berilishi kerakmi?

Uchinchi tushunarsiz holat shuki, ba’zi holatlarda ustuvor ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan barcha o‘qituvchilarga maksimal dars soatlari ajratilsa, ayrim o‘qituvchilarga dars soati yetmay qolishi yoki atigi bir soat dars ajratilish holati ham kuzatiladi. Bu esa mehnat qonunchiligiga zid bo‘lib qoladi.

Shuningdek, ko‘plab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar xalqaro sertifikatlar o‘qituvchining malaka toifadan ustun ko‘rsatgich sifatida qayd etilganiga ham e’tiroz bildirishgan.

Xullas, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerak deb o‘ylaymiz.

Manba: Xalq ta’limi info

Mavzuga doir:
Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanadi?

Pensiyaga chiqqan o‘qituvchilarga dars taqsimoti qay tartibda amalga oshirilishi kerak?

Maktabda darslar noto‘g‘ri taqsimlangan bo‘lsa nima qilish kerak?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: