Boshqa hududda ishlayotgan oqituvchilar uchun aytilgan 50-100 foiz ustamalar kimlarga beriladi?

Boshqa hududda ishlayotgan oqituvchilar uchun aytilgan 50-100 foiz ustamalar kimlarga beriladi?
Telegram kanal подписаться

Prezident bu yilgi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida o‘qituvchilar boshqa tumandagi olis maktabga borib ishlasa — 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa, 100 foizlik ustama haq olishlari mumkin deb ta’kidladi.

Shundan so‘ng juda ko‘p o‘qituvchilar olis hududlarda joylashgan maktablarga aynan qaysi maktablar kirishi, undan tashqari olis hududlarga ishga boradigan o‘qituvchilar deyilganda aynan nima nazarda tutilganligi, bunda maktab va o‘qituvchining uy manzili orasidagi masofa ham ahamiyatga egami degan savol bilan murojaat qilmoqdalar.

Xabaringiz bor, 2020 yil 6 noyabr kuni “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilngandi.

Farmonda 2021 yil 1 yanvardan olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlashga kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravarida (11 mln 150 ming so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun BHMning 2 baravarida (446 ming so‘m) har oylik pul kompensatsiyasi berilishi nazarda tutilgan.

Olis joylardagi maktablarni malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lganligi uchun 2019 yilda ham olis hududlarda joylashgan maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 471-sonli qarori qabul qilinib, boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ish staji uchun maxsus ustamalar berilishi belgilab qo‘yilgandi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati ham tasdiqlangan.

Umuman olganda, olis hududlardagi maktablar deganda asosan tog‘li, sharoiti og‘irligi sababli pedagoglar yetishmayotgan maktablar tushuniladi. Mazkur hududlar bo‘yicha yangi ro‘yxat ham tasdiqlanishi mumkin. Agar siz ishlayotgan maktab shu ro‘yxatda bo‘lsagina, sizga 11 mln 150 ming so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun BHMning 2 baravarida (446 ming so‘m) har oylik pul kompensatsiyasi va Prezident aytgan 50-100%lik ustamadar to‘lab beriladi. Bunda o‘qituvchining uyi va maktab orasidagi masofa ahamiyatsiz.

Masalan, Farg‘onalik o‘qituvchi Toshkenga borib ishlayotgan bo‘lsa, ularga bu ustama qo‘llanilmaydi. Chunki, Toshkenda shundoq ham sharoit yaxshi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘qituvchi ish joyining uzoqlida ham emas, yo‘lga sarf qilayotgan mablag‘ida ham emas. Asosiy maqsad sharoiti og‘irligi uchun pedagoglar yetishmayotgan maktablarni kadrlar bilan ta’minlash.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, olis hududlarda joylashgan maktablarga borib ishlaydigan o‘qituvchilargagina Prezident aytgan qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

P.S: Olis hududlarda joylashgan maktablar ro‘yxati bilan berilgan ilovada tanishib olishingiz mumkin.

Muallif: Ulug‘bek Po‘latov

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: