Tezkor: 2020-2021 kirish imtihonlari 2 ta fandan bo’ladi

Telegramda o'qish

Ma’lumki, joriy yilda yurtimizga koronavirus infeksiyasi kirib keldi. Uning tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini himoya qilish maqsadida mart oyidan boshlab, butun mamlakat bo‘yicha vaqtincha karantin cheklovlari o‘rnatildi.

Davlat test markazi saytida 2020-2021 o’quv yilida o’tkaziladigan test sinovlari haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitidagi karantin abituriyentlarimizning o‘qishga kirish tayyorgarligiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday cheklovlar davrida abituriyentlarimiz o‘zlari xohlaganlaridek tayyorgarlik ko‘ra olmadilar. Bu nafaqat abituriyentlarga, balki o‘quvchi, talabalarga ham tegishli holat. Ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limga o‘tildi, joriy imtihonlar, bitiruv ishlarini himoyasi ham masofadan amalga oshiriladigan bo‘lib turibdi. Bunaqa paytda ularga yordam berish, yengilliklar yaratish, faqat bitiruvchilar uchun emas, balki abituriyentlar uchun ham foydalidir.
Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Albatta, bu ishlarimiz oliy ta’limning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.

Joriy yilning 30-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik, idora, tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hamda abituriyentlarni qiynab qo‘ymaslik maqsadida faqat 2020-2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu 2 ta mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka e’lon qilingan edi.
Alohida ta’kidlash kerakki, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o‘rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bu bejizga emas, albatta. Shuning uchun ham mazkur o‘quv yilida test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi. Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Amalga oshiriladigan ishlar va jarayonlar bo‘yicha keng jamoatchilikka ma’lumot berib borilmoqda.
Keyingi o‘quv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lishini takroran eslatib o‘tamiz.


Известно, что в этом году в нашу страну проникла коронавирусная инфекция. С марта по всей стране действуют временные карантинные ограничения для предотвращения его распространения и защиты здоровья населения.

Информация о тестах, которые будут проведены в 2020-2021 учебном году, опубликована на сайте Государственного центра тестирования.
Карантин в условиях пандемии коронавируса также оказывает существенное влияние на готовность наших абитуриентов к поступлению в школу. К таким ограничениям наши заявители не были готовы так, как хотели. Это касается не только абитуриентов, но и студентов. В образовательных учреждениях введено дистанционное обучение, дистанционно проходят текущие экзамены и защита дипломных работ. Помогать им в такие моменты, создавая льготы, полезно не только выпускникам, но и абитуриентам.
В этом году предпринимаются усилия по облегчению регистрации абитуриентов, не выходя из дома, упрощению тестовых заданий, проведению вступительных испытаний в простые и короткие сроки. Конечно, это не должно негативно сказываться на качестве высшего образования.

На основании задач, поставленных на совещании под председательством Президента 30 апреля с.г., и предложений, внесенных министерствами, ведомствами и организациями, в ведении которых находятся высшие учебные заведения, а также во избежание пыток абитуриентов, только в 2020-2020 гг. 2021 В качестве исключения на учебный год планируется проведение вступительных испытаний по 2 специальностям без обязательных предметов.

Эти две специальности были утверждены в декабре 2019 года и объявлены широкой публике.
Следует отметить, что абитуриенты не должны оставаться в 1000-местных зданиях в течение 3-4 часов, если инфекция не будет полностью ликвидирована. Баночка разбивается за день, а не за день. Это не напрасно, конечно. Поэтому в этом учебном году в тестовых корпусах будет подготовлено максимум 700 мест, на каждого абитуриента будет выделено не менее 3 квадратных метров площади, в соответствии с санитарно-гигиеническими требованиями они будут обеспечены масками и перчатками. y участие в испытании обеспечено. Заявителей допустят в здание после измерения температуры тела. Здания дезинфицируют не менее 4 раз. Все это делается для того, чтобы обезопасить здоровье тестируемых, кураторов групп и других лиц, вовлеченных в процесс.
Этот процесс будет осуществляться после полного снятия карантинных ограничений.
Общественность информируется о проводимых работах и ​​процессах.
Со следующего учебного года напоминаем, что весь процесс будет проходить по установленным процедурам.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 16
  1. Hojimurodov Mehrdod Saidmurodovich

    Nega aynan shu yilgi abiturientlar uchun, buni keyingi yilgi abiturientlar uchun ham joriy qilsa bo‘lmaydimi. 2 ta asosiy fanlardangina imtihondan o‘tish bu juda yaxshi fikr edi… Bu qarorni uzaytirish uchun yana ko‘rib chiqishning iloji yo‘qmi???

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Istisno tariqasida bu yil shunday fikrga kelinishining asosiy sababi karantin choralari hisoblanadi. Ya’ni abituriyentlar karantin tufayli kutubxonalarga, turli o’quv markazlariga borib qo’shimcha tayyorlanish imkoniyatiga ega bo’lishmadi. Qolaversa, maktab bitiruvchilari ham batafsil o’qiy olishmadi.

  2. Azizbek Xurramov

    Assalomu alekum☺️☺️ Hozir 2 ta fandan ōtkaziladigan test sinovlarini baholash tizimi qanaqa bōladi? Yoki 2 ta fanga ham 3.1 dan beriladimi? Oldindan rahmat javob uchun ☺️☺️

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, buning mezonlari hali ma’lum qilinmadi.

  3. Sabina Yuzefovich

    Mening 1- mutahasisligim rus tili chet guruhi bõlsa, bu fanga moslab 2- bakalavriat fan qaysi bõladi? Tarixmi yoki ingliz tili? Hali aniq bõlmasa qachon aniq bõladi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Tez orada Vazirlar Mahkamasining qarori chiqib qolishi kerak

  4. Shaxzoda

    Agar karantin 2021-yilga kelganda uje tõhtagan bolsachi undayam 2ta fandan imtihon olinadimi?iltimos javob yozing oldindan raxmat

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Bu yil faqat istisno tariqasida 2 ta fandan bo’lishi kutilyapti

  5. Azadova Guzal

    Assalamu aleykum, iltimos sotsiologiya fakultetini sirtqi ta’lim shakli bormi yuqmi bilib bering. Oldindan kottakon rahmat!

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, o’tgan yili sotsologiya yo’nalishida sirtqi ta’lim shakli uchun qabul bo’lgan edi. Bu yilgisini hali ko’rmadim.

  6. Homid

    Bu yil qachondan boshlanadi qabul??kim biladi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      15-iyundan boshlanadi

  7. Mohira

    Assalomaleykum. IELTS sertifikatini qabul jarayonida topshiradimi yoki boshqa kunimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, barcha imtiyozlar qabul jarayonida topshiriladi

  8. Fariza Ubaydullaeva

    Chet davlatda ishlab turib sirtqi bo`limda o`qisam bo`ladimi? O`zbekistonda ish stajim yo`q.

  9. Tursunoy

    Mening orzuyim jaroh, hamshira bo’lish shuning uchun men medetsinani tanladim : :idea:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: