Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar

Murojaatnomada aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytilgan ta’limga oid eng muhim gaplarni tadbirda ishtirok etgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida e’lon qildi. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

👉 xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

👉 keyingi yildan oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

👉 OTMlarga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni 2 barobarga ko‘paytirilib, 2 mingtaga yetkaziladi;

👉 a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;

👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

👉 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

👉 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 baravarga oshirilib, budjetdan 400 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi;

👉 boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatdagi olis tumanga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi;

👉 Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 330 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;

👉 kelgusi yil maktabgacha ta’lim qamrovi 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkaziladi. Bu ishlarga budjetdan 600 milliard so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi;

👉 2021 yili doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan qo‘shimcha 240 milliard so‘m ajratiladi;

👉 2021 yilda fizika va chet tillarini o‘rganish ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.

Yuqoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha Siz qanday fikrdasiz? Ta’lim sohasida yana nimalar qilishni taklif etasiz? Komentlarda o‘z fikrlaringizni qoldiring.


Блогер Хушнудбек Худойбердиев, принявший участие в мероприятии, разместил на своем канале наиболее важные высказывания об образовании, сделанные Президентом Шавкатом Мирзиёевым в Послании Олий Мажлису. Вы можете познакомиться с ними ниже:

👉 Будет внедрена система госзаказов на подготовку специалистов в частных вузах;

👉 Количество государственных грантов на получение высшего образования будет увеличено не менее чем на 25% со следующего года;

👉 Количество стипендий для девочек из малообеспеченных семей будет увеличено вдвое до 2000;

👉 Будут введены специальные стипендии для девочек с отличными оценками и нуждающихся в социальной защите;

👉 Количество молодых людей, направляемых на обучение в магистратуру и докторантуру ведущих зарубежных вузов по линии Фонда «Эл-юрт умиди», будет увеличено в 5 раз;

👉 30 ведущих вузов получат право разрабатывать учебные планы, квоты приема и самостоятельно решать финансовые вопросы;

👉 Более 240 000 школьных учителей получат повышение платы за занятия в 1,5 раза и выделение из бюджета 400 млрд сумов;

👉 Учителя, которые ходят в удаленную школу в другом районе, получают 50% от их заработной платы, а если они работают в другом районе в другом районе — 100%;

👉 В региональные фонды на стимулирование работников народного образования будет выделено 330 млрд сумов;

👉 Охват дошкольными учреждениями увеличится до 65% в следующем году и до 75% к концу 2023 года. Будет создано дополнительно 2000 негосударственных детских садов с бюджетной дотацией в размере 600 млрд сумов, доведя долю частного сектора до 25%;

👉 В 2021 году количество докторантов достигнет 4,5 тысяч, или в 3 раза больше, чем в 2017 году. На эти цели из бюджета будет выделено дополнительно 240 миллиардов сумов;

👉 В 2021 году приоритетным будет изучение физики и иностранных языков.

Что вы думаете о вышеуказанных изменениях? Что еще вы предлагаете сделать в сфере образования? Оставляйте свои мысли в комментариях.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. gulnora

    o‘rta ta’lim maktablarida bir sinfda 30 ta 35 ta xattoki 38 talik sinflar xam mavjud
    bunday xolatda ta’lim tizimida ayniqsa maktablarda sifat bo‘lishi qiyin xolatdir. taklifim:
    bir sinfda kamida 15 ta eng ko‘pi bilan 20 ta o‘quvchi bo‘lsa maqsadga muvofiq
    bo‘lar edi. Shunda barcha o‘quvchilarga ta’lim berish osonlashar edi va sifatli bo‘ladi.

  2. Guli

    Ota onam kam taminlaganmiz oilada 3 farzandmiz temir daftarga kiritilganman oqish uchun mablagimiz yetarli emas hamda uyimiz chekka qishloqda oqish uchun sharoit yetarli emas shuning uchun davlat grandini berishingizni iltimos qilaman :cry:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: