Bo‘lib o‘qitiladigan fan o‘qituvchilariga sinf rahbarlik yuklab bo‘lmaydimi?
Savol: Informatika fani o‘qituvchisi sinf rahbarlik qilolmaydi deyishdi. Sababi, informatika bo‘lib o‘qitilar ekan. Shuning uchun bunga taqiq bor ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Savolga Ulug’bek Po’latov quyidagicha javob berdi: Ma’lumki, 2021 yil 22 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligining 41-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yiladigan talablar o‘zgargan.
Mazkur buyruq bilan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishni talab etadigan ya’ni, jismoniy tarbiya, texnologiya, chet tili, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga sinf rahbarligini biriktirish taqiqlangan edi.
❕Hozir bu talablar bekor bo‘lgan. Sinf rahbarlari faoliyatini tartibga solish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 27 iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagoglar sinf rahbari bo‘lib ishlashi mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
❌ Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga doir:
Bugungi kunda sinf rahbar oyligi qancha? 2023-yil
1 stavka dars va sinf rahbarligi uchun qancha oylik olinadi?