Sinf rahbarlik uchun to‘lov oktyabr oyidan boshlab 1,5 barobar oshiriladi – Prezident

Sinf rahbarlik uchun to‘lov oktyabr oyidan boshlab 1,5 barobar oshiriladi – Prezident

Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma’lum qildi.

Prezident sinf rahbarlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib rag‘batlantirish chorasi ko‘rilayotganini, xususan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshirilishini aytib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqsadlar uchun yillik 400 milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Jamiyatda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e’tibor tufayli qariyb 15 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, hali bu borada ko‘zlangan natijaga erishganimiz yo‘q. Hozirgi kunda ham xalq ta’limidagi pedagoglarning qariyb 70 foizini ayol o‘qituvchilar tashkil etmoqda.
Albatta, hammamiz maktab davrini eslaganimizda, ko‘z oldimizga avvalo, talabchan va mehribon sinf rahbarimiz keladi. Nima uchun? Chunki, maktabdagi har bir qadamimiz mana shu aziz va olijanob insonlarning doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligida bo‘lgan. Hayotga ilk yo‘llanmani ham bizga mana shu ustozlarimiz bergan”

, deya ta’kidladi davlat rahbari.
U so‘zida davom etib, bugun imzolangan Farmon bilan birinchi marta 14 nafar sinf rahbari davlat orden va medallari bilan taqdirlanganini qayd etdi.
Prezident o‘qituvchilarning doimiy va uzluksiz psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi hududiy malaka oshirish institutlarida sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etish kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha’ni va g‘ururi tiklanayotgani barchamizni quvontiradi.
Ayni vaqtda bu o‘ta muhim masala eng dolzarb vazifamiz ekanini alohida ta’kidlab, uni amalga oshirish butun jamiyatimizning burchiga aylanishini istardim.
Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”

, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.


С 1 октября текущего года доплата 242 тысячам классных руководителей в Узбекистане будет увеличена в полтора раза. Об этом заявил Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в своем выступлении на торжественной церемонии, посвященной Дню учителей и тренеров. Президент сообщил, что принимаются меры по поощрению тяжелого и ответственного труда классных руководителей, в частности, с 1 октября 2020 года размер доплат для 242 тысяч классных руководителей будет увеличен в полтора раза. Предполагается, что на эти цели будет выделяться более 400 миллиардов сумов в год. Однако следует отметить, что мы еще не добились желаемого результата. Сегодня около 70 процентов учителей государственного образования составляют женщины.
Конечно, когда все мы вспоминаем школьные годы, первое, что приходит на ум, это наш требовательный и добрый классный руководитель. Почему? Потому что каждый наш шаг в школе находится под постоянным вниманием и заботой этих дорогих и благородных людей. Именно наши учителя дали нам первое направление в жизни», — сказал Президент.
Он сообщил, что впервые 14 классных руководителей были награждены государственными орденами и медалями в соответствии с подписанным сегодня указом.
Президент добавил, что в целях развития непрерывного и непрерывного психологического мастерства педагогов необходимо организовать специальные курсы повышения квалификации классных руководителей при областных институтах повышения квалификации при Министерстве народного образования. достоинство, честь и гордость восстанавливаются.
В то же время я хотел бы подчеркнуть, что это очень важный вопрос для нас, и я хочу, чтобы он стал долгом нашего общества в целом.
Чем более образованными будут наши дети в школе, тем быстрее будет развиваться высокотехнологичная экономика и тем больше будет решаться социальных проблем. Поэтому, если я скажу, что порог Нового Узбекистана начинается со школы, думаю, что весь наш народ поддержит эту идею», — сказал в своем выступлении Шавкат Мирзиёев.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: