Abituriyentlar uchun qanday yangiliklar bor? Beshta fandan beriladigan test savollarining qanchasi murakkab?

Abituriyentlar uchun qanday yangiliklar bor? Beshta fandan beriladigan test savollarining qanchasi murakkab?

— Bu yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tadimi? Samarqandda test sinovlari qayerlarda o‘tkaziladi?

— Samarqanddagi test sinovlari 5 ta hududda, ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tadi. Samarqand shahar Depo ko‘chasidagi «Lokomotiv» futbol stadionida 1200 ta, Sartepa 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1080 ta, Kimyogarlar qo‘rg‘oni «Nurafshon» futbol stadionida 960 ta, Samarqand tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida 960 ta, Jomboy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1200 ta, jami 5400 ta o‘rin hozirlangan.
— Test sinovlariga abituriyentlar o‘zlari bilan nimalarni olib kelishlari kerak?
— Test sinovlarida abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli hamda ruxsatnoma olib kelishlari talab etiladi.
— Test sinovlarida asosiy fanlardan tushadigan savollarning qanchasi murakkab?
— Testologiyada baholash testlari hamda saralash testlari farqlanadi. Bilim va malakalarni baholash agentligida umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning Milliy test tizimi doirasida test sinovlari o‘tkaziladi. Kirish test sinovlarida qabul kvotasi mavjud, ya’ni cheklov bor, shuning uchun test sinovlari variantlari shakllantirilayotganda asosiy fanlardan tushadigan 30 ta savolning 12 tasi oson, 12 tasi o‘rtacha, 6 tasi murakkab shakllaridan foydalaniladi.
— Qo‘shimcha 3 ta fandan beriladigan savollarda murakkablari bormi yoki o‘rtacha, oson savollardan tuzilganmi?
— Majburiy fanlar blokida beriladigan savollarning barchasi mazkur fanlar bo‘yicha oson savollardan tuziladi.
Tavsiya qilamiz: Majburiy fanlardan testlar javoblari bilan 45 ta DTM testlar
— Milliy sertifikati bor abituriyentlarga o‘sha fandan 100 ball beriladimi?
— Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda OTM bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal balga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilishi belgilangan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori balning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga berilishi ko‘rsatilgan.
— Joriy yilda abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi. Bu nima degani?
— Haqiqatan ham, joriy yildan boshlab, to‘lov shartnoma asosida o‘qishga imkoniyati yetmaydigan, faqat grant asosida o‘qishni istovchi abituriyentlarning fikrlari e’tiborga olinib, ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantiga ustuvorlikni tanlash imkoniyati yaratildi. Ya’ni, dasturda “Davlat granti” hamda “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”ni tanlash bandlari kiritilgan. Abituriyent  bordi-yu “davlat granti”ni tanlasa, avvalo, to‘plagan ball tanlagan yo‘nalishlarining ustuvorligiga qarab, qaysi biriga “grant”ga to‘g‘ri kelsa, o‘sha yo‘nalishga o‘qishga tavsiya qilinadi. Tanlangan yo‘nalishlarning birortasiga ham “grant”ga bali yetmasa, keyingi qadamda kontrakt o‘rinlarida tekshiriladi va natija e’lon qilinadi. “Davlat granti va kontrakt” bandi avvalgi yillardagi kabi tanlangan yo‘nalishlarning ketma-ketligida qaysi birida grant yoki kontraktga to‘g‘ri kelsa o‘sha yo‘nalishda e’lon qilinadi.
— Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi 4 foizlik tavsiyanoma kimlarga beriladi? Tavsiyanoma olganlarning barchasiga imtiyoz beriladimi?
— Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:
— kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va to‘lov kontraktini to‘lashga layoqatsiz bo‘lgan oilalarga;
— to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlarga;
— 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollarning (er) qizlariga;
— otasi yoki onasi nogiron bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalarga;
— og‘ir uy-joy sharoitlarida yashayotgan va doimiy uy-joyiga ega bo‘lmagan oilalarga;
— ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan kam ta’minlangan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlarga;
— nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalarga;
— oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha baravar past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalar farzandlari uchun ular o‘z hududida muayyan muddat ishlash sharti bilan.
Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar alohida ajratilgan 4 foizlik kvota doirasida to‘plagan ballari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Savollarga DTM Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Vohid Sirliboyev javob berdi.

Manba: Zarnews.uz


— В этом году тесты будут проходить под открытым небом? Где тесты в Самарканде?

— Тесты в Самарканде будут проходить в 5 регионах, под открытым небом. 1200 на футбольном стадионе «Локомотив» по ​​улице Депо в Самарканде, 1080 на Сартепинской детско-юношеской спортивной школе № 2, 960 на футбольном стадионе «Нурафшон» Крепости Химиков, детско-юношеский спорт Самаркандского района, 960 мест в школе , 1200 мест в спортивной школе для детей и подростков Жамбайского района, всего 5400 мест.
— Что абитуриенты должны принести с собой на тест?
— Заявители должны принести оригинал удостоверения личности и разрешения.
— Сколько вопросов по основным предметам вызывает затруднения в тестах?
— В тестологии есть оценочные и квалификационные тесты. Государственный центр тестирования проводит тестирование в рамках Национальной системы тестирования аттестации и оценивания общего образования. Во вступительном испытании есть квота допуска, т.е. есть лимит, поэтому при формулировании вариантов испытаний из 30 вопросов по профильным предметам 12 являются легкими, 12 — промежуточными и 6 — сложными.
— Вопросы по 3 дополнительным предметам сложные или составлены из простых вопросов?
— Все вопросы в блоке обязательных предметов составлены из простых вопросов по этим предметам.
Рекомендуется: 45 тестов DTM с тестовыми ответами по обязательным предметам.
— Будут ли абитуриентам с национальным аттестатом давать 100 баллов по этому предмету?
— Постановление Кабинета Министров «О введении общегосударственной тестовой системы оценки уровня общеобразовательных знаний» со дня приема на 2021/2022 учебный год В соответствии с процентом освоения аттестата в тест для поступления в бакалавриат высшего образования в соответствии с процентом усвоения в аттестате, порядок присвоения дифференцированного (пропорционального) балла к максимальному баллу по данному предмету.
Положение о порядке определения и выдачи аттестатов об общем образовании, утвержденное этим указом, предусматривает, что аттестат выдается сроком на 3 года тем, кто набрал не менее 60% максимального балла по тесту.
— В этом году у абитуриентов есть возможность приоритетного получения государственного гранта на регистрацию. Что это значит?
— Действительно, начиная с этого года с учетом мнений абитуриентов, не имеющих возможности обучаться на платной основе, а только на грантовой основе, при регистрации возможен выбор приоритета государственного гранта. То есть,Программа включает пункты «Государственный грант» и «Государственный грант и контракт на оплату». Если абитуриент выбирает «государственный грант», ему будет рекомендовано обучение по тому направлению, по которому он получил «грант», в зависимости от приоритета выбранного направления. Если вы не получили «грант» ни в одном из выбранных направлений, следующим шагом будет проверка договора и объявление результатов. Как и в предыдущие годы, пункт «Госгрант и контракт» будет озвучен в последовательности выбранных направлений в том направлении, в котором он соответствует гранту или контракту.
— Кто получит 4-процентную рекомендацию на основании дополнительной государственной субсидии для женщин? Все ли те, кто получил рекомендацию, имеют право?
— Рекомендации для участия в конкурсе талантливых женщин, желающих получить высшее образование в рамках критериев приема в высшие учебные заведения Республики на основе дополнительных государственных грантов выдаются на основании следующих критериев:
— малообеспеченные, малообеспеченные семьи, не имеющие возможности оплатить контракт;
— женщины, выросшие в неполных семьях, т.е. чьи родители умерли;
— дочери вдов (мужей), воспитывающих двух и более детей в возрасте до 14 лет и проживающих отдельно от других родственников;
— малообеспеченные семьи, у которых отец или мать являются инвалидами;
— семьи, проживающие в трудных жилищных условиях и не имеющие постоянного жилья;
— состоящих на учете в качестве малообеспеченных и ищущих работу лиц, у которых один или оба родителя являются безработными в центрах занятости;
— семьи с детьми-инвалидами;
— для детей из семей с высшим образованием в районах, где уровень охвата в несколько раз ниже, чем в среднем по стране, а также в отдаленных и труднодоступных местностях при условии, что они работают по своей местности в течение определенного периода времени.
Женщины с рекомендацией будут иметь право участвовать в соревнованиях на основе их результатов в рамках отдельной 4-процентной квоты. Кроме того, рекомендация дает право абитуриенту участвовать в конкурсе по первому направлению подготовки, которое он выбирает при регистрации в качестве абитуриента по дополнительным четырехпроцентным государственным грантовым критериям приема, второе и последующие высшие образования не применяются. к участию в конкурсе на образование.
На вопросы ответил руководитель Самаркандского областного отделения ДТМ Вахид Сырлибоев.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Jurayev sobir sadillayevich

    Testga tayyorlanamiz

  2. Orifova Dilbar

    Ingliz tili

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: