“Allo” so‘zi qayerdan kelib chiqqan? Boshqa mamlakatlarda qanday ifodalanadi?

“Allo” so‘zi qayerdan kelib chiqqan Boshqa mamlakatlarda qanday ifodalanadi
Telegramda o'qish

Aleksandr Bell telefon ixtirochisi hisoblanadi, taniqli amerikalik ixtirochi Tomas Edison esa ushbu texnologiyalarni ishlab chiqish, takomillashtirish va ommalashtirish bilan shug‘ullangan.

Hozir dunyo mamlakatlarining yarmida telefon suhbati boshlanadigan eng mashhur so‘zni aynan u joriy qilgan. 
1877 yilda Edison telegraf kompaniyalaridan birining prezidenti bilan ovozli xabarlarni qabul qilish va uzatish uchun yangi qurilmadan foydalanishdagi qoidalarni belgilash to‘g‘risida yuritgan muzokarada suhbatni “hullo” so‘zi bilan boshlashni taklif qildi. Telefon ixtirochisi Bellning fikri boshqacha edi. U suhbatni “ahoy” so‘zi bilan boshlash o‘rinli deb bilardi. Aynan shu inglizcha so‘z bilan dengizda uchrashadigan kemalar ekipajlari rupor orqali bir-birlarini olqishlardi. Natijada Edisonning taklifi ildiz otdi va bugun biz uni ishlatmoqdamiz. 
Qizig‘i, bu so‘z bizga Amerikadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki Yevropa orqali yetib kelgan. 
Edisonning g‘oyasi ba’zi mamlakatlarda tushunilmaganligicha qolgan. 
Masalan, Italiyada “pronto!” deb javob berishadi. Bu so‘z italyanchada “tayyor” degan ma’noni bildiradi.  
Germaniyada “kora Xyubsh!”, ya’ni suhbatdoshiga o‘z ism-sharifini aytib murojaat qilinadi. 
Yaponiyada “mosi-Mosi!”. Ushbu muloyim qisqartma “mosimasu-mosimasu” ya’ni, “gapiryapman-gapiryapman” degan ma’noni anglatadi. 
Gretsiyada “parakalo!” — “marhamat” deb tarjima qilinadigan so‘z bilan javob berishadi. 
Xitoyliklar “vey!” — “so‘zlang”, deb qisqagina so‘zdan foydalanishadi. 
Koreyada “ebosee!” – bu kulgili undov “bu yoqqa qarang!”, degan ma’noni bildiradi.  
Isroilda “shalom!”. Bu mashhur olqish so‘zi “tinchlik” deb tarjima qilinadi. 
Ispaniyada “dina!”. «Diga»/ «digame» (gapir, gapiring) so‘zlari bilan bir qatorda ispanlar «sí» (si) oddiy so‘zdan faol foydalanishadi. 
Serbiya va Chernogoriya: “molim!”. Bu “iltimos”(qaysidir ma’noda iltijo) deb tarjima qilinadi. 
Meksika: “bueno!”. Bu so‘z “yaxshi” ma’nosini anglatadi. Turkiya: “efendim!”. Ushbu so‘z “janob, taqsir, afandim” deb tarjima qilinadi va suhbatda muloyim muomala sifatida ishlatiladi. Siz buni oddatdagi “allo” bilan birga eshitishingiz mumkin. 
Hindiston: “ram-ram!”. Bu so‘z shu qadar qadimiyki, ma’buda Ram ismidan kelib chiqqanligi yoki undan ham oldin paydo bo‘lganini aytish qiyin. Hindlar ushbu so‘z ularni salbiy energiyadan himoya qiladi, deb hisoblashadi va uni oddiy hayotida ham tez-tez ishlatishadi. 
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: