9 nafar shogirdi olimpiada gʻolibi boʻlgan yaypanlik oʻqituvchining  muvaffaqiyati siri nimada?

9 nafar shogirdi olimpiada gʻolibi boʻlgan yaypanlik oʻqituvchining  muvaffaqiyati siri nimada

Shu kunlarda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida joylashgan 65-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktab-internati oʻqituvchisi Odinaxon Yoʻldoshevaning 9 nafar oʻquvchisi fan olimpiadasining viloyat bosqichi gʻolibi boʻlgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

“Xalq soʻzi” muxbiri ushbu taʼlim muassasasida boʻlib, informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi Odinaxon Yoʻldosheva bilan suhbatlashdi.
— Bevosita informatika fanidan 9 nafar, yana bir nafar oʻquvchimiz matematika fanidan viloyat olimpiadasi gʻolibi boʻldi, — deydi chorak asr mobaynida oʻqituvchilik kasbidan hurmat-eʼtibor topib kelayotgan qahramonimiz. 1 Shuningdek, 7 nafar oʻquvchimiz xalqaro olimpiadada qatnashuvchi nomzodlar roʻyxatiga kiritildi.
Ayni paytda taʼlim dargohida Oʻzbekiston, Uchkoʻprik, Furqat va Beshariq tumanlari hamda Qoʻqon shahridan saralab olingan 373 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Oʻtgan yilgi bitiruvchilarning qariyb 85 foizi oliy taʼlim muassasalariga kirgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni yuz foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bilim dargohi optik tolali internet tarmogʻiga ulangan. Zamonaviy kompyuter sinflarida barcha sharoitlar muhayyo. Fidoyi oʻqituvchi darsdan boʻsh vaqtlarida ham muntazam ravishda oʻquvchilari bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazadi.
Shu bois aynan axborot texnologiyalari sohasida maktab bitiruvchilari orasida AQSH, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqiyotgan, dunyoga mashhur kompaniyalarda faoliyat olib borayotgan yigit-qizlar koʻpchilikni tashkil etadi.
Viloyat olimpiadasi gʻoliblari boʻlgan Shahboz Erkaboyev, Salohiddin Talabjonov, Dilshod Shuhratjonov, Samandar Sadriddinov singari oʻquvchilar innovatsion gʻoyalarga asoslangan dasturiy taʼminot qoʻllanmalari, tadbirkorlik loyihalari orqali allaqachon mablagʻ ishlab topishga ham muvaffaq boʻlishmoqda.
— Har bir oʻquvchim yutugʻidan xuddi unvon olganday quvonaman, — deydi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak-nishoni sohibi, oliy toifali oʻqituvchi Odinaxon Yoʻldosheva. – Ishonamanki, yurtimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbat tufayli yaqin istiqbolda oʻquvchilarimiz Oʻzbekiston dovrugʻini butun dunyoga doston qiladilar.


В эти дни в социальных сетях распространилась новость о том, что 9 воспитанников Одинахан Юлдашевой, воспитателя 65-й специализированной государственной школы-интерната Узбекского района Ферганской области, стали победителями областного этапа олимпиады по науке.

Халк Сози посетил школу и пообщался с Одинахон Юлдашевой, учителем информатики и информационных технологий.
— 9 студентов непосредственной информатики и один наш студент стали победителями областной олимпиады по математике, — говорит наша героиня, за четверть века завоевавшая авторитет в учительской профессии. 1 Также 7 наших учеников вошли в список претендентов на участие в Международной олимпиаде.
В настоящее время в школе обучаются 373 ученика из Узбекистана, Учкуприкского, Фуркатского и Бешарикского районов и города Коканда. Около 85 процентов прошлогодних выпускников поступили в высшие учебные заведения, а в этом году планируется довести этот показатель до 100 процентов.
Школа подключена к оптоволоконному интернету. Все условия присутствуют в современных компьютерных классах. В свободное время преданный своему делу преподаватель регулярно проводит дополнительные занятия со своими учениками.
Поэтому в сфере информационных технологий большинство выпускников составляют юноши и девушки, обучающиеся в престижных вузах США, Германии, Китая, Южной Кореи и России, работающие в компаниях с мировым именем.
Такие учащиеся, как Шахбоз Эркабаев, Салохиддин Талабджанов, Дилшод Шухратжонов, Самандар Садриддинов, победители областной олимпиады, уже умеют зарабатывать деньги с помощью программных приложений, основанных на инновационных идеях, бизнес-проектах.
— Я так же радуюсь успехам каждого своего ученика, — говорит Одинахон Юлдашева, учитель высшей категории, обладатель знака «Отличник народного образования». — Уверен, что в ближайшем будущем, благодаря высокому вниманию и поощрению, уделяемому системе образования в нашей стране, наши студенты расскажут миру историю Узбекистана.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: