Geografiya fani nega qisqartirildi?

Geografiya fani nega qisqartirildi?

So‘ngi paytlarda bizga kelayotgan murojaatlarning deyarli 50 foizi geografiya fani o‘qituvchilaridan kelmoqda. Ular umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada geografiya fanining qisqartirib yuborilganligidan juda ham norozi.

❗️Ho‘sh nima uchun geografiya fani o‘quv soatlari qisqaritirib yuborildi?

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori bilan tasdiqlangan maqsadli dasturining 6-bandida 1-6 sinflarda atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya, fizika fanlari o‘rniga tabiiy fan (Science)ni yagona fan sifatida 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilangandi.

Shu sababli o‘tgan o‘quv yilida faqatgina 1-2 sinflarida “Atrofimizdagi olam” fani o‘rniga tabiiy fan “Science” joriy etilgandi. 2022-2023 o‘quv yilidan esa 3 sinflarda “Tabiatshunoslik” fani, shuningdek, 6 sinflarda “Fizika”, “Biologiya”, «Geografiya» fanlari o‘rniga tabiiy fan (Science) joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun 1-6 sinflarda geografiya fani o‘quv soatlari kamaytirilgan.

❗️Ammo juda ko‘p geografiya fani o‘qituvchilari bundan norozi.

Buning sababi shundaki, 2022-2023 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasida 8-9 sinflarda geografiya fanini 2 soatdan 1,5 soatga qisqartirilib, 6-sinfdagi geografiya fani tabiiy fanga (science) qushib berilgan. Buning natijasida barcha maktablarda geografiya fani haftalik 8 soatni tashkil qilmoqda. Ilgari geografiya fani o‘qituvchilarining dars soatlari “Geografiya va iqtisodiyot” fani bilan birgalikda qo‘shib hisoblaganda jami 14 soatni tashkil etardi. Hozir bu ko‘rsatgich 10 soatni tashkil qilmoqda. (bundan 2 soati iqtisodiyot fanlari jumlasiga kiradi)

6 sinflarda joriy qilinayotgan “Science” fanini o‘tish huquqi faqatgina geografiya fani o‘qituvchilariga emas balki, fizika va biologiya fani o‘qituvchilarga ham berilishi geografiya fani o‘qituvchilarining yana bir noroziligiga sabab bo‘lyapti.

“Science” fani faqat 1-6-sinflardagina joriy qilinadigan bo‘lsa, unda nima uchun boshqa sinflarda ham gegrafiya fani o‘quv soatlari qisqartirib yuborilgan? Mana shu savolga ham tushuntirish berilmagan. Geografiya fanining keskin qisqartirib yuborilishi ishsizlik darajasining ko‘payishiga ham ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol.

Misol uchun, ayrim hududlardagi maktablarda o‘quvchi soni juda ozligi uchun sinflar soni ham kam. Shunday joylarda ishlaydigan geografiya fani o‘qituvchilari esa faqat 8 soat dars o‘tish bilan chegaralanib qolishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘qituvchilarning oylik daromadiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘ylaymizki yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Xalq ta’limi vazirligi aniq tushuntirish berib, masalani ijobiy tomonga hal etadi.


Почти 50 процентов всех последних запросов исходят от учителей географии. Они очень недовольны сокращением географии в базовой программе общеобразовательных школ на 2022-2023 учебный год.

❗️Почему сократили уроки географии?

Как известно, утвержден Указом Президента Республики Узбекистан от 12 августа 2020 года № ПП-4805 «О мерах по повышению качества непрерывного образования и научной эффективности в области химии и биологии». целевой программы, в 1-6 классах вместо наук об окружающем мире, естественных наук, географии, биологии, физики, науковедение как единая наука будет введена как единый предмет с 2021-2022 гг. учебном году была поставлена ​​задача внедрения этапа.

Поэтому в прошлом году в 1-2 классах вместо науки ввели естествознание. С 2022-2023 учебного года планируется ввести предмет «Науки» в 3 классе, а также науки «Физика», «Биология» и «География» в 6 классе. В результате были сокращены занятия по географии в 1-6 классах.

❗️Но многих учителей географии это не устраивает.

Это связано с тем, что основная учебная программа на 2022-2023 учебный год сократила географию с 2 часов до 1,5 часов в 8-9 классах и добавила географию к естественным наукам в 6 классе. В результате география преподается 8 часов в неделю во всех школах. В прошлом учителя географии преподавали в общей сложности 14 часов, включая географию и экономику. Сейчас 10 часов. (из них 2 часа включены в экономику)

Тот факт, что право преподавания естественных наук, введенное в 6-м классе, предоставляется не только учителям географии, но и учителям физики и биологии, является еще одной причиной недовольства учителей географии.

Если наука вводится только в 1-6 классах, то почему в других классах сокращены занятия по географии? Объяснений на этот вопрос нет. Естественно, что резкий спад в географии приведет и к росту безработицы.

Например, в некоторых районах количество классов невелико из-за малого количества учащихся. Учителям географии, работающим в таких местах, приходится ограничиваться лишь 8 часами занятий. Это также влияет на ежемесячный доход учителей. Полагаем, что с учетом вышеизложенного, Министерство народного просвещения даст четкое разъяснение и решит вопрос в положительном ключе.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Adolat

    Geografiya fanini qisqartrib qoʻyishgan ekan geografiya fakultetlarida tahsil olayotgan talabalardi kantrakt pullarini ham olishmasi yopishsi bu yoʻnalishdi nima qiladi ulardi shuncha sarson qilib xarajatga tushirib

    1. NODIR

      Bu haromilar jonga tegdi, sanlarga nima zarari tegyapti geografiyani

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: