2023 Yildan yakuniy imtihonlarni DTM olishi rostmi?

2023 Yildan yakuniy imtihonlarni DTM olishi rostmi?

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda 2023 o‘quv yilidan boshlab yakuniy imtihonlarni davlat test markazi olishi, yakuniy davlat imtihonlaridan o‘ta olmagan o‘quvchilar esa attestat ham ololmay qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar rostmi? Agar rost bo‘lsa uning qonuniy asosi bormi?

Javob: Yo‘q. 2023 o‘quv yilida yakuniy imtihonlarni davlat test markazi olmaydi. Bunday tartib 2023 yildan emas, 2024 yildan boshlab amaliyotga tadbiq qilinishi mumkin. Ammo bu hozircha qaror loyihasi ham tayyorlanmagan taklif hisoblanadi.

Haqiqiatdan ham bitiruvchilardan yakuniy davlat imtihonlarini davlat test markazi oladi degan gap bor. Bu haqda o‘tgan yili Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov «Xpressuz» nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa aynan o‘sha intervyuning bir qismi kesib olinib tarqatilgan.

Buning qonuniy asosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 may kungi PQ-241-sonli qarorining 10-bandida Bilim va malakalarni baholash agentligi 2024 yildan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan imtihonlar shaklida o‘tkazishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozimligi aytilgan. Ya’ni qaror loyihasi taklifi endi ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda faqat normativ-huquqiy hujjatlar muayyan yuridik kuchga ega bo‘ladi. Yakuniy imtihonlarni davlat test markazi olishi haqida esa hozircha hech qanday me’yoriy hujjat qabul qilinmagan. Shu sababli 2023 yildan boshlab yakuniy imtihonlarni davlat test markazi oladi deb aytish biroz noto‘g‘ri bo‘ladi.


Вопрос: В социальных сетях есть сообщения о том, что с 2023 учебного года в государственном испытательном центре будут проводиться выпускные экзамены, и студенты, не сдавшие итоговые государственные экзамены, могут не получить аттестат. Верны ли эти сообщения? Если это правда, то имеет ли она правовую основу?

Ответ: нет. В 2023 учебном году Государственный тестовый центр не будет принимать выпускные экзамены. Такой порядок может быть реализован на практике с 2024 года, а не с 2023 года. Но это предложение, для которого еще не подготовлен проект решения.

На самом деле существует поговорка, что Государственный испытательный центр принимает выпускные государственные экзамены у выпускников. Об этом в интервью изданию «Xpressuz» в прошлом году сообщил директор Государственного испытательного центра Маджид Каримов. Часть этого интервью была вырезана и распространена в социальных сетях.

Что же касается правового основания этого, то в пункте 10 постановления Президента Республики Узбекистан от 11 мая 2022 года № — говорилось, что проект постановления Президента Республики Узбекистан, предусматривающий проведение итоговая государственная аттестация выпускников профессионально-технических училищ, проводимая Государственным испытательным центром в форме экзаменов, представляется в Кабинет Министров. То есть сейчас будет разработано предложение по проекту решения.

В Узбекистане особую юридическую силу имеют только нормативные правовые документы. До сих пор не принят нормативный документ в отношении приема выпускных экзаменов государственным испытательным центром. Поэтому было бы несколько некорректно говорить о том, что Государственный испытательный центр будет принимать выпускные экзамены с 2023 года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Shoxida

    :idea:

  2. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: