“Zakovat”da g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘zi xohlagan oliygohiga imtihonsiz qabul qilinadimi?
Savol: «Zakovat» intellektual o‘yinlarining respublika bosqichida o‘rin olgan o‘quvchilarga shartnoma asosida xohlagan OTM talabasi bo‘lish imtiyozi berildi. Shunda tibbiyot, moliya va yuridik kabi oliygohlar ham kiradimi?
Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Prezidentning “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96-son qarorida “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan sovrindorlarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Bunda “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shu jumladan Prezident ta’lim muassasalari o‘quvchilari belgilangan tartibda – o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi.
Prezidentning 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96-son qaroridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bunda oliy ta’lim muassasalariga cheklov qo‘yilmagan. Ya’ni, «Zakovat»ning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rinlar) bo‘lgan o‘quvchilar barcha oliy ta’lim muassasalariga to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin deb hisoblaymiz.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilar «Zakovat» o‘ynaydimi?
Maktabdagi «Zakovat» klubi koordinatorlariga ustama beriladimi?
Maktablar bo‘yicha Zakovat turnirida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar