Ma’lumki, «Zakovat» intellektual o‘yini o‘qituvchilar o‘rtasida ham o‘tkazib kelinyapti. Unda har bir maktabdan jamoalar ishtirok etishi mumkin.
«Zakovat»da qatnashgan jamoalar soni o‘tgan yili 498 tani, bu yil esa 840 tani tashkil etgan. Avvalgi yilga nisbatan jamoalar soni ikki barobarga oshgani quvonarli hol albatta. Lekin bu juda oz. Shuning uchun intellektual o‘yinlarda o‘qituvchilar jamoasi ham ko‘proq qatnashib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishi kerak. Yutuq uchun ham yaxshi mukofot qo‘yilgan albatta.
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining bu yilgi respublika bosqichida “Sodiq school” nodavlat ta’lim muassasasi birinchi o‘rinni qayd etib, 100 mln. so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritibdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa 2 nafar umumta’lim maktabi “Zakovat” koordinatorlarini esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.
Mavzuga doir:
Maktabdagi «Zakovat» klubi koordinatorlariga ustama beriladimi?
Maktablar o‘rtasida Zakovat turniri yakuniy bosqich natijalari
Maktablar bo‘yicha Zakovat turnirida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar